Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Iroqdan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Avvalroq Iroq hukumati AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlarining mamlakatda qolishiga barham berilishini ma’lum qilgandi.
AQSh o‘z Qurolli kuchlari kontingentini Iroqdan olib chiqishni rejalashtirmayapti. Bu haqda AQSh Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Patrik Rayder ma’lum qildi.
Avvalroq Iroq rasmiylari «AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlarining mamlakatda bo‘lishiga barham berilishini» ma’lum qilgandi.
«Hozircha men (qo‘shinlarni olib chiqish bo‘yicha) hech qanday rejalar haqida bilmayman», dedi Rayder.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar IShID terror tashkilotiga qarshi kurash doirasida yaratilgan Inherent Resolve Operations (CJTF-OIR) guruhiga «alohida e’tibor» berishda davom etmoqda.
Pentagon vakilining qayd etishicha, AQSh harbiylari aynan Iroq hukumatining taklifiga binoan mintaqada joylashgan.
Avvalroq Iroq poytaxti Bag‘dodda AQSh havo hujumi oqibatida shialarning «An-Nujaba» harakati qo‘mondonlaridan biri Abu Taqvo as-Saidiy o‘ldirilgan edi. «An-Nujaba» eronparast «Hashd ash-Shabiy» tashkiloti bilan aloqadorligi ta’kidlanmoqda.
Iroq hukumati hujumda AQSh boshchiligidagi koalitsiyani aybladi.
Iroq bosh vaziri Muhammad Shia as-Sudaniy bu zarbani qoralab, «Hukumat koalitsiya kuchlarini chiqarib yuborish bo‘yicha ikki tomonlama komissiya tuzish jarayonida», degan edi.
Mavzuga oid
20:25 / 16.07.2026
AQSh grin-karta talabgorlari uchun 100 ming dollarlik garov joriy etishi mumkin
12:03 / 16.07.2026
Eronning nishonlari – dunyoda va Arab ko‘rfazi davlatlarida AQShning nechta harbiy bazasi bor?
08:52 / 16.07.2026
AQSh Erondagi harbiy obektlarga yangi zarbalar berdi
22:58 / 15.07.2026