Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Varshavadagi prezident saroyida Polsha IIV sobiq rahbari ushlandi
Varshava sudining ichki ishlar vazirligi sobiq rahbari Kaminskiy va uning o‘rinbosari Vonsikni ikki yillik qamoq jazosiga hukm qilgan qaroridan so‘ng, ikkala siyosatchi ham qamoq muddati boshlangani munosabati bilan politsiya tomonidan qo‘lga olindi.
Polshada eski va yangi hukumat lagerlari o‘rtasidagi kurash kuchaygan bir paytda, hozir muxolifatdagi «Qonun va adolat» (QvA) partiyasidan ikki siyosatchi qo‘lga olindi, ularni prezident Anjyey Duda ayblov hukmidan so‘ng o‘z qarorgohida himoya qilgan. 9 yanvar, seshanba kuni kechqurun Polsha sobiq ichki ishlar vaziri, Korrupsiyaga qarshi kurash markaziy byurosi sobiq rahbari Mariush Kaminskiy va uning o‘rinbosari Makey Vonsik Varshavadagi prezident saroyida politsiya tomonidan qo‘lga olindi, ularning jazo muddati shu kuni rasman boshlandi.
OAV xabarlariga ko‘ra, hibsga olingan vaqtda Duda o‘z qarorgohida bo‘lmagan, chunki u Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskaya bilan uchrashgan. Bu vaqtda prezident saroyi yaqinida yig‘ilgan yuzlab namoyishchilar, jumladan, «Siyosiy mahbuslarga ozodlik» va «Sharmandalik!» deb hayqirdi.
Kaminskiy va Vonsikning qo‘lga olingani haqida X ijtimoiy tarmog‘ida Polsha ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Cheslav Mrochek xabar berdi. «Ular sud qaroriga binoan ushlangan», - dedi Mrochek. Uning so‘zlariga ko‘ra, politsiya tegishli qarorni 9 dekabr kuni ertalab, sudlangan siyosatchilar davlat rahbari qarorgohida bo‘lganida olgan. Bungacha politsiya ularni yashash joyida qo‘lga olishga uringan. Keyinchalik ijtimoiy tarmoqlardan ma’lum bo‘lishicha, har ikki siyosatchi ham prezident saroyida bo‘lib o‘tgan ziyofatda qatnashgan, keyinroq ularning o‘zi ham bayonot bergan. 2019 yildan 2023 yil noyabrigacha ichki ishlar vazirligini boshqargan Kaminskiy: «Biz yashirinmayapmiz. Yovuzlik mag‘lub bo‘lgunga qadar Polsha prezidenti bilan birgamiz», dedi.
Kaminskiy va Vonsikka hukm
Mariush Kaminskiy va Matsey Vonsik ishi 2007 yilda korrupsiyaga qarshi kurash idorasi atrofida mojaro chiqqanidan beri davom etmoqda. Birinchi instansiya sudi ayblov hukmi chiqardi va 2015 yilda QvA hokimiyatga kelganidan so‘ng, prezident Duda ikkala siyosatchini ham afv etdi.
2022 yil iyun oyida Polsha Oliy sudi tomonidan afv etish bekor qilindi, Kaminskiy va Vonsik ustidan sud jarayoni davom ettirildi. Dekabr oyi oxirida Varshava okrug sudi ikkalasini ham korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha markaziy byuroda ish yuritishi vaqtida mansab vakolatlarini suiiste’mol qilganlikda aybdor deb topdi va har birini ikki yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bundan tashqari, Kaminskiy va Vonsikka besh yil davomida davlat lavozimlarida ishlash taqiqlandi. So‘nggi kunlarda Anjyey Duda afv etish haqidagi qarori amalda qolayotganini bir necha bor ta’kidladi.
2023 yil oxirida Polshada hokimiyat almashdi
Muxolifatdagi siyosatchilarning qo‘lga olinishi Polshani o‘tgan yil oxirigacha boshqargan konservativ lager va 15 oktyabrda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari natijalariga ko‘ra hokimiyatga kelgan so‘l markazchilar yangi koalitsiyasi o‘rtasidagi ziddiyat bosqichlaridan biridir. Hukumatdagi ko‘pchilik Polsha sobiq bosh vaziri va Yevropa kengashi sobiq raisi Donald Tusk boshchiligida sobiq muxolifat kuchlaridan iborat Yevropaparast uch partiyali alyansni tuzdi. 2015 yildan beri mamlakatni boshqarib kelayotgan konservativ «Qonun va adolat» partiyasi shu tariqa hokimiyatni yo‘qotdi.
Tusk hukumati dekabr oyining o‘rtalarida ishga kirishgan, avvalroq, noyabr oyi oxirida Anjyey Duda o‘zi ham tegishli bo‘lgan, saylovda mag‘lub bo‘lgan QvAdan amaldagi bosh vazir Mateush Moravetskiy boshchiligidagi hukumatni qasamyodga keltirdi. Biroq Moravetskiy hukumati Seymdan ishonch votumini ololmadi. Muxolifat Dudani yangi vazirlar mahkamasini shakllantirish jarayonini bir necha haftaga kechiktirish niyatida ekanida aybladi.