Havo ifloslanişi kutilgan holat edi, ammo taşqi texnogen omillar bu jarayonni yanayam tezlaştirib yubordi. Ekologiyaning bu tarzda yomonlaşib ketişi onkologik kasalliklarni qözğab yuborişi haqida bong urilmoqda. Tabiatni falajlaşga qaratilgan har qanday ekologik jinoyatlarga barham beriş kerak. Ekologiya vazirligi yoki boşqa tegişli taşkilotlar uyğonişi, vaziyatni önglaşga qaratilgan keçiktirib bölmas çoralar körilişi kerak. Ammo hozirça bunday taşabbuslar közga taşlanayotgani yöq. Soha mutaxassislari bilan navbatdagi suhbatida şular haqida gaplaşildi.
Atmosfera havosi, uning ifloslanişi ançadan beri dolzarb bölayotgan mavzu. Ammo oxirgi vaqtlarda uning tanalarda kuçliroq his qilinayotgani va çanglarning közga yaqqol taşlanayotgani mavzuning aktualligini yanayam oşirdi.
Sezganingizdek bugun juda köp muhokama qilingan va hanuz qilinayotgan masala – havo ifloslanişi haqida gaplaşamiz. Kun.uz uning yuzaga kelişi, sabablar va oqibatlarini tahlil qiliş uçun iqlimşunos Erkin Abdulahatov, Ekologiya qömitasi sobiq xodimi, ekofaol Bunyodbek Abdullayev hamda onkolog Olim Imomov bilan suhbatlaşdi.
— Özi ekologiya ifloslanişida mas’ul kim? Çora köradigan taşkilot qaysi?
Bunyodbek Abdullayev: Ekologiya masalalari uçun bevosita mas’ul taşkilot Ekologiya vazirligi hisoblanadi, havo tarkibini, holatni aniqlovçi taşkilot esa ÖzGidromet, çora köriş borasida esa hokimiyat va mahalliy idoralar mas’ul hisoblanadi.
2020-2022 yillarda Ekologiya qömitasida işlagan paytimda yaxşi mutaxassislar bor edi, atmosfera havosini himoya qiliş borasida tadqiqotlar, doimiy monitoring işlari olib borilar edi. 3 ta yönalişda atmosfera havosi örganiladi: fizik, kimyoviy va biologik yönalişlar böyiça.
Fizik yönalişda havoga ta’sir etuvçi tebranişlar, tovuşlar örganiladi. Biologik yönalişda havo tarkibida inson soğliğiga ta’sir qiluvçi mayda tirik organizmlar örganiladi. Kimyoviy yönalişda esa zavod-fabrikalar, maşinalar havoga çiqarayotgan çiqindilar, gazlar örganiladi. Şu yönalişlarda örganilib, kerakli tavsiyalar işlab çiqiladi.
Masalan, Toşkent şahrida yoz oylarida havoning quruqlik darajasi oşib boradi va çang kötariladi. Şuning uçun hokimiyatga köçalarni purkab suğoriş va çangning ta’sir kuçini pasaytiriş böyiça tavsiya beriladi. Bundan taşqari, xonadonlarda, kasalxona va boşqa joylarda havo namlantiruvçilaridan foydalaniş ham tavsiya qilinadi, çunki namlangan havoda mayda zarralarning zarari kamayadi. Bundan taşqari, havoni ifloslantirayotgan korxonalar ham bor (ularning manbalari 90 foizi aniq), öşalarga jarima solinardi, vaqtinça yopilardi. Va öşa korxonalarning atrofini yaşillaştiriş böyiça tavsiyalar berilardi. Umuman, atmosfera havosi ifloslanişi sanoat va qurilişning ösişi bilan proporsional ösadi.







