Jahon | 12:18 / 11.01.2024
1763
2 daqiqa o‘qiladi

YeI Ukrainaga makromoliyaviy yordam ko‘rsatish sari qadam tashladi

Yevropa Ittifoqi Yevroparlament bilan Kiyevga elchilar darajasida makromoliyaviy yordam ko‘rsatish bo‘yicha muzokaralarni boshlashga qaror qildi. Yakuniy qaror Yevropa Ittifoqi yetakchilari tomonidan fevral oyida bo‘lib o‘tadigan sammitda qabul qilinishi kerak.

Foto: RIA Novosti/Aleksey Vitvitskiy

Yevropa Ittifoqi davlatlarining elchilari 10 yanvar, chorshanba kuni Bryusselda Yevroparlament bilan Ukrainaga kelasi to‘rt yil davomida 50 milliard yevrogacha bo‘lgan miqdorda makromoliyaviy yordam ko‘rsatish bo‘yicha muzokaralarni boshlash uchun ovoz berdi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi kengashiga raislik qiluvchi Belgiyaning YeIdagi vakolatxonasi xabar berdi. Bu mandat Belgiyaga Yevroparlament bilan muzokaralarni boshlash va «iloji boricha tezroq harakat qilish» imkonini beradi, deya ma’lum qildi missiya.

Yevropa Ittifoqi diplomatik doiralaridagi manbalarning DW nashriga aytishicha, kutilganidek, qaror ko‘pchilik tomonidan qabul qilindi - faqat Vengriya bunga qarshi chiqdi. Suhbatdoshlardan biri tushuntirishicha, u Bryussel bu miqdorni qismlarga bo‘lib, har yili Yevropa kengashida Ukrainaga ajratilishini ma’qullashi kerak, degan fikrda bo‘lgan.

Kiyevga makromoliyaviy yordam miqdori va uni taqdim etish shakli bo‘yicha yakuniy qaror Yevropa kengashining 1 fevraldagi navbatdan tashqari yig‘ilishida qabul qilinishi rejalashtirilmoqda. Shu kungacha Yevroparlament, Yevrokomissiya va YeI kengashi Ukrainaga makromoliyaviy yordam ko‘rsatish bo‘yicha dastlabki muzokaralarni yakunlashi kerak, deya xabar beradi DW manbalari. Ulardan biri ushbu davr uchun Yevrokomissiya va Budapesht o‘rtasida ham muzokaralar rejalashtirilganini ta’kidladi, Vengriya ushbu bitimdan o‘zi uchun imkon qadar ko‘proq foyda olish niyatini yashirmayapti. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid