Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Reytingi yuqori tadbirkorlar uchun barcha soliq tekshiruvlari bekor bo‘ladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024 yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tyapti.
To‘g‘ri ishlayotgan, tushumlarini to‘liq ko‘rsatib, soliqlarini o‘z vaqtida to‘layotgan tadbirkorlar bir narsadan xotirjam bo‘lsin. Bunday tadbirkorlarni biz har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni davom ettiramiz, - dedi prezident yig‘ilishda.
Davlat rahbarining topshirig‘iga ko‘ra tadbirkorlarning ochiq-oshkora reytingi ishlab chiqildi. Endi ular faoliyatiga soliqchilar baho bermaydi, rag‘batlantirish choralari ham reyting asosida belgilanadi hamda bu tadbirkorlar kutayotgan adolatli yechim bo‘ladi.
Reytingi yuqori tadbirkorlar uchun:
- barcha soliq tekshiruvlari bekor bo‘ladi;
- qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi bir kunda tekshiruvlarsiz qaytarib beriladi (hozir 7 kundan 30 kungacha);
- boshqa soliq turlari bo‘yicha ortiqcha to‘lov summasi uch kunda qaytarib beriladi (hozir 15 ish kunida);
- tovarlarni import qilishda va sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini bojxona va soliq organlarida o‘zaro hisobga olish imkoniyati yaratiladi;
- tumanlarda auksionda olingan davlat aktivlari va yer uchastkalari qiymatini bo‘lib to‘lash muddati 3 yildan 5 yilgacha uzaytiriladi.
Har bir tadbirkor real vaqt rejimida o‘z o‘rni va bahosini bilib boradi.
Savdo-sanoat palatasiga o‘z saytida reyting natijalarini onlayn e’lon qilib, tadbirkorlar so‘rovlariga tezkor javob berib borish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Mavzuga oid
12:18
O‘zbekiston prezidenti Xitoy raisiga tabrik maktubi yo‘lladi
10:58
Toshkent xalqaro investitsiya forumi: 8 mingdan ortiq ishtirokchi kutilmoqda
18:06 / 14.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
09:20 / 12.06.2026