Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev: tahlillar o‘nlab trillion so‘mlik mahsulot «soya»da qolayotganini ko‘rsatmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024 yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tyapti.
Bugungi kundagi eng dolzarb masala, bu – yashirin iqtisodiyot, - dedi prezident yig‘ilish davomida.
Tahlillar xizmatlar, qurilish, sanoat sohalarida o‘nlab trillion so‘mlik mahsulot “soya”da qolayotganini ko‘rsatmoqda.
Bu orqali yalpi ichki mahsulotga 135 trillion so‘m, budjetga 30 trillion so‘m tushum yo‘qotilmoqda.
Masalan, qurilish korxonalarining 41 foizi hisobotida faqat 1 nafar ishchisini ko‘rsatgan. Ammo bu korxonalar o‘tgan yilni o‘zida 4 trillion so‘mlik qurilish ishlarini bajargan.
Yoki kamida 25 gektardan yeri bor 5 mingta meva-sabzavotchilik fermer xo‘jaligida 1 tadan rasmiy ishchi ro‘yxatdan o‘tgan.
“Bir narsani aniq tushunish zarur. Yashirin iqtisodiyot, avvalambor, to‘g‘ri ishlayotgan tadbirkorlar faoliyatiga katta to‘siq bo‘lyapti. Bugungi kunda intizomli tadbirkorlar “qani adolatli raqobat” degan haqli e’tirozlarini ko‘p-ko‘p aytyapti”, - dedi davlat rahbari.
Mavzuga oid
13:34 / 03.07.2026
Tbilisida O‘zbekiston elchixonasi ochiladi
12:25 / 03.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gruziya qahramonlari yodgorligiga gulchambar qo‘ydi
22:03 / 02.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gurjistonning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi
21:12 / 02.07.2026