Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni BRICS a’zosi bo‘lganini rad qildi
Mamlakat tashkilotdan taklif olgan, ammo uni hali qabul qilmagan.
Ar-Riyoz rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy blokiga a’zo bo‘lmadi. Bu haqda Saudiya Arabistoni Savdo vaziri Majid Al-Qasabiy ma’lumot berdi. U 17 yanvar kuni Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida jurnalistlar savoliga javob berar ekan, qirollik BRICS taklifini hali qabul qilmaganini aytdi.
«Saudiya Arabistoni BRICS tashkilotiga taklif qilingan, ammo biz hali rasman qo‘shilmaganmiz», deb uning so‘zlaridan iqtibos keltirdi Reuters.
Avvalroq, Saudiya Arabistoni davlat televideniyesi mamlakat BRICS a’zosi bo‘lgani haqida xabar bergan edi. Ammo keyinchalik, bu xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan o‘chirib tashladi.
BRICS 2006 yilda Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, keyinchalik unga Janubiy Afrika qo‘shilgan. 2024 yil 2 yanvar kuni unga Misr, Eron, BAA va Efiopiya qabul qilindi.
2023 yil dekabr oyida Argentina BRICS a’zosi bo‘lish rejasidan voz kechgan edi.
Mavzuga oid
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026