Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiya neftini tashuvchi tankerlarga qarshi sanksiyalar kiritdi
Liberiya va BAA kemalari cheklovlarga duch keldi.
Foto: Reuters
AQSh Moliya vazirligi Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etilgan shaxslar ro‘yxatini kengaytirdi. 18 yanvar kuni Liberiya bayrog‘i ostida suzib yurgan va Rossiya neftini tashuvchi 17 ta dengiz kemasi, shuningdek, Hennesea Holdings (BAA) yuk tashish kompaniyasi cheklov choralariga kiritildi.
AQSh Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) bayonotida aniqlik kiritilishicha, Hennesea Holdings kompaniyasiga tegishli 17 ta tankerga cheklovlar kiritilgan.
Dekabr oyida Qo‘shma Shtatlar va G7 davlatlari Rossiya nefti narxining yuqori chegarasiga (barreliga 60 dollar) rioya etilishini nazorat qilish choralarini kuchaytirgan edi. Sanksiyalarning kuchaytirilishi Rossiyadan xomashyo tashuvchi yuk tashuvchi kompaniyalarga nisbatan cheklovlar joriy etilishi bilan bir vaqtda yuz berdi.
16 yanvar kuni Hindiston neft vaziri Hardip Singx Puri Rossiya tankerlari sanksiyalar kuchaytirilishi tufayli Hindiston portlariga neft tushirishda muammolarga duch kelayotganini aytdi. Sanksiyalar, xususan, Hindistonning ONGC, Yaponiyaning SODECO va «Rosneft»ni o‘z ichiga olgan Saxalin-1 loyihasidan Sokol neftini yetkazib berishga ta’sir qilgan. Cheklovlar tufayli o‘nga yaqin tanker hozir Saxalin neftini tushirishni kutib, dengizda turib qolgan.
Mavzuga oid
09:58
Meksika chegarasida to‘qnashuv: odam kontrabandasida gumonlanuvchi yaralandi
21:56 / 27.01.2026
FIFA sobiq rahbari Blatter jahon chempionatini boykot qilishga chaqirdi
18:47 / 27.01.2026
AQSh rasman Parij iqlim kelishuvidan chiqdi
15:53 / 27.01.2026