Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Yamandagi husiychilarga navbatdagi zarbalar seriyasini yo‘lladi
Bu zarbalardan oldin Bayden ma’muriyati Yamandagi ushbu isyonchi guruhni yana terrorchilar ro‘yxatiga kiritdi.
AQSh Yamanda Eronning ittifoqchilari bo‘lgan husiychilar guruhining obektlari bo‘ylab so‘nggi o‘n kunlikda to‘rtinchi bor zarbalar seriyasini amalga oshirdi. Bu haqdagi ma’lumot payshanbaga o‘tar kechasi Pentagon vakili tomonidan tasdiqlangan.
Amerikaning ushbu mintaqadagi kuchlari qo‘mondonligi (Centcom) ma’lumotiga ko‘ra, zarbalar Tomahawk raketalari bilan berilgan, ular amerikaliklarning harbiy kemalaridan uchirilgan.
Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi BBC’ga xabar qilishicha, mamlakat Yamandagi so‘nggi harbiy amaliyotda ishtirok etmagan.
Amerika qo‘mondonligi ma’lumotiga ko‘ra, bu safargi hujum nishoni husiychilarning Qizil dengizdagi kemalarga hujum qilish uchun tayyorlangan 14 ta raketasi bo‘lgan. Start yo‘nalishida o‘rnatilgan raketalar «to‘g‘ridan to‘g‘ri savdo kemalari va AQSh harbiy-dengiz kuchlari kemalariga xavf tug‘dirib, istalgan vaqtda uchirilishi mumkin edi, shu tufayli Amerika qurolli kuchlari himoyalanish uchun o‘zining ajralmas huquqi va majburiyatidan foydalangan», deyiladi bayonotda.
Bundan biroz avvalroq Bayden ma’muriyati husiychilarni yana xalqaro terrorchilik tashkiloti deb e’lon qilgan va bu orqali AQShning hozirgi prezidentining vakolat muddati avvalida qabul qilingan qaror bekor qilingandi. Prezidentning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jyeyk Sallivan bu qadam husiychilarning savdo kemalariga hujumlariga javoban tashlanganini bildirdi.
Navbatdagi zarbalardan bir necha soat oldin husiychilar Adan ko‘rfazida egasi amerikalik bo‘lgan Genco Picardy kemasiga hujum uyushtirgan, bu ularning 11 yanvardan buyon ushbu mintaqada amalga oshirgan ikkinchi hujumi bo‘lgandi.
Centcom xabariga ko‘ra, isyonchilar zarbasi oqibatida Genco Picardy kemasi shikastlangan, ammo ekipaj a’zolaridan hech kim jabrlanmagan.
Dushanba kuni husiychilar Amerikaning boshqa bir kemasiga ballistik raketa bilan zarba yo‘llagan, bu ularning 2023 yil noyabrida boshlangan kampaniyasi davomida Amerika kemasiga qilingan ilk muvaffaqiyatli hujumi bo‘lgandi.
Vashingtondagilar ham chorshanba kungi zarbalar oldini oluvchi zarbalar bo‘lgani va bu bilan jangarilar yaqin vaqtlar ichida uchirishga tayyorlangan vositalar yo‘q qilinganini ma’lum qilgan.
«Bu zarbalar, biz tomonimizdan qo‘llangan boshqa harakatlar qatori husiychilarning Qizil dengiz, Bob-al-Mandib bo‘g‘ozi va Adan ko‘rfazidagi xalqaro hamda tijorat kemalariga mulohasiz hujumlarini davom ettirish imkoniyatiga putur yetkazadi», — deyilgan Centcom bayonotida.
Centcom qo‘mondoni general Maykl Kurilla AQSh husiychilar «Qizil dengiz janubiy qismi va unga yondosh suv yo‘llarida xorijiy dengizchilarni xavf ostiga qo‘yish va tijoriy yuk tashish yo‘llariga tahdid solishni bas qilmagunicha» ularga qarshi harakatlarni amalga oshirishda davom etishini ta’kidlagan.
11 yanvar kuni AQSh va Buyuk Britaniya kuchlari Kanada, Avstraliya, Niderlandiya va Bahrayn kabi boshqa qator mamlakatlar ko‘magida Yaman bo‘ylab birinchi zarbalar seriyasini amalga oshirgandi, bu husiychilar Qizil dengiz va Bob-al-Mandib bo‘g‘ozidan o‘tuvchi kemalarga hujumlarni to‘xtatish bo‘yicha ultimatumini bajarmaganidan keyin ro‘y bergandi.
Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan va uning manfaatlariga xizmat qiladigan husiychilar G‘azodagi HAMAS guruhi bilan birdamligini namoyish etayotgani hamda faqat Isroilga aloqador kemalarga hujum qilayotganini bildirgan. Ammo ushbu hududda umuman Isroil davlati va uning fuqarolariga aloqador bo‘lmagan kemalar ham hujumga yo‘liqmoqda.
Mavzuga oid
19:52 / 19.04.2026
Husiychilar Bob-al-Mandib bo‘g‘ozini yopish bilan tahdid qildi
15:25 / 14.04.2026
WSJ: Saudiya AQShdan Eron bilan muzokaralarga qaytishni talab qilmoqda
13:57 / 29.03.2026
Yaqin Sharqdagi so‘nggi voqealar: Isroil harbiy-dengiz konserniga zarba berdi, husiychilar yana raketa uchirdi
17:56 / 06.01.2026