Shanba kuni kechqurun CNN telekanali va Times of Israel gazetasi husiychilar Isroil bo‘ylab ikkinchi raketani uchirgani va urib tushirilgani haqida xabar berdi.
Nashrlarga ko‘ra, bu safargisi qanotli raketa bo‘lgan. Husiychilar shanbaga o‘tar kechasi ballistik raketa ham uchirgandi.
Bundan tashqari, husiychilar Isroil bo‘ylab dronlar ham uchirmoqda: Times of Israel va Channel 12 telekanali havo hujumidan mudofaa kuchlari Qizil dengizdagi Eylat portida va kurortda Yamandan uchirilgan dronlar hujumini qaytargani to‘g‘risida xabar bergan.
Shanba kuni ertalab husiychilar vakili guruh Isroil bo‘ylab ballistik raketalar guruhini uchirgani va «muhim harbiy obektlar aniq nishonga olingani», Isroilga qarshi amaliyot «tajovuz yakunlanmagunicha butun qarshilik fronti bo‘ylab» davom etishini ma’lum qildi.
Dengiz konserni bo‘ylab zarba
Shanba kuni Tehronda yana kuchli portlashlar ro‘y berdi.
Isroil mudofaa kuchlari boshqa nishonlar qatori Eron dengiz sanoati tashkiloti shtab-kvartirasiga ham zarba bergani haqqida xabar qildi. E’lon qilingan press-relizda aytilishicha, bu konsern (inglizchasiga Marine Industries Organisation) dengiz qurollarining keng assortimentini, shu jumladan suvusti va suvosti kemalarini hamda dengiz dronlarini ishlab chiqaradi.
Bu konsern Yevroittifoq, AQSh, Britaniya va boshqa mamlakatlar tomonidan sanksiyaga uchragan. U Eronning turli qismlarida o‘z zavodlariga ega.
Jahon agentliklari xabariga ko‘ra, Isroil armiyasi press-attashesi Isroil Eron harbiy sanoatiga zarbalar berish chastotasini oshirayotgani va "«bir necha kun ichida uning barcha muhim tarkibiy qismlariga zarbalarni yakunlash»ni rejalashtirayotganini aytdi.
Eronning bayonotlari
Erondagi davlat nashrlari shanba kuni AQShning mintaqadagi harbiy nishonlariga muvaffaqiyatli zarbalar berilgani haqida e’lon qilishda davom etdi, amerikaliklar esa bu xabarlar yolg‘on ekanini ta’kidlashda davom etmoqda.
Eron bosh shtabining «Defa-press» nashri bosh shtab press-attashesi, polkovnik Ibrohim Zulfiqoriyga tayanib, Eron Dubaydagi ikki nuqtaga zarba berish orqali amerikaliklarga «juda og‘ir yo‘qotishlar» yetkazib, 500 ga yaqin kishini o‘ldirgani haqida xabar bergan.
Amerika Markaziy qo‘mondonligi bunga X ijtimoiy tarmog‘i orqali javob qaytargan: «Dubayda AQSh shaxsiy tarkibiga zarbalar bo‘lgani yo‘q. Eron rejimi ularning harbiy salohiyati yo‘q qilingani va bostirilgani haqidagi rad etib bo‘lmaydigan haqiqatni yashirish uchun ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on to‘qimoqda».

















