2022 yil 24 fevral kuni tongida Rossiya armiyasi Ukrainaga bostirib kirgandan buyon özining juda köplab qurollaridan foydalanib kelmoqda.

Uzoqlikka uçuvçi raketalar, dronlar, harbiy texnikalar va samolyotlar şular jumlasidan. Uruşning boşida Rossiya juda katta yöqotişlarga uçradi va natijada hatto 1950-yillardan qolib ketgan tanklarni ham safga qaytarişga majbur böldi.

Rossiya foydalanayotgan harbiy texnikalar orasida A-50 nomi bilan tanilgan samolyot ham bor. A-50 bu — uzoq masofali radiolokatsion aniqlaş va boşqariş samolyotidir.

U radarni olib yuradi hamda zarbalarni tayyorlaş va duşman hujumlarining oldini oliş uçun oldingi razvedkada işlatiladi.

Bu samolyotni Rossiya işlab çiqarmagan. A-50 sovet davrida sanoqli işlab çiqarilgan va rasmiy ma’lumotlarga köra, hozirda Rossiyada 10 ga yaqin bunday turdagi samolyot bor. Hozirda bitta A-50 narxi 330 mln dollarga baholanadi.

A-50 samolyoti Foto: YouTube / Darth Welder Channel

A-50 samolyoti yasalişi tarixi

1970-yillarda SSSRda razvedkaçi samolyot Tu-126 edi. Bu samolyot 1960-yillar boşida işlab çiqarilgan bölib, 1970-yillarga kelib talabga javob bermay qolgandi.

Ana şunday şaroitda sovet hukumati aviakonstruktorlar oldiga yangi turdagi razvedkaçi samolyot loyihasini işlab çiqişni topşiradi. Köp ötmay Il-76 yuk samolyoti asosida yangi samolyot loyihasi tayyorlanadi.

Loyiha muallifi taniqli sovet aviakonstruktori Aleksandr Putilov edi. Putilov asosan Andrey Tupolev boşçiligidagi «Tupolev konstruktorlik byurosi»da işlagan va asosan harbiy maqsadlarda foydalanilgan Tu-126, Tu-98LL, Tu-128UT samolyotlari loyihalarida işlagan edi.

1973 yilda Il-76 samolyoti asosida yangi razvedkaçi samolyotini işlab çiqariş rejasi tasdiqlanadi. Samolyotning nişona nusxasini tayyorlaş Taganrog şahridagi aviatsiya işlab çiqariş birlaşmasiga topşiriladi.

1977 yilda samolyot tayyor böladi. 1978 yilda A-50 işlab çiqaruvçi, 1979 yilda hukumat komissiyasi sinovlaridan muvaffaqiyatli ötkaziladi.

1983 yilgaça Taganrogda jami uçta Il-76 samolyoti A-50 samolyotlariga aylantiriladi. Samolyotni turli uskunalar bilan jihozlaş va ularni harbiy komissiya körigidan ötkaziş yana ikki yilga çöziladi.