Xitoy ayrim AQŞ tovarlariga nisbatan qöllangan 125 foizlik javob bojlarini bekor qildi. Bu haqda Reuters agentligi va CNN telekanali xabar bermoqda.
Bundan taşqari, hukumat mahalliy kompaniyalardan öz bizneslari nuqtai nazaridan kelib çiqib, vaqtinça bölsa-da, yuqori bojlar ostidan çiqariş maqsadga muvofiq hisoblangan AQŞ tovarlari röyxatini tuzişni söragan. Ma’lumotlarga köra, ayrim turdagi integral mikrosxema va çiplar, tibbiy uskunalar hamda etan kabi sanoat uçun möljallangan kimyoviy moddalarga nisbatan tariflar bekor qilingan.
Şu bilan birga, samolyotlar lizingiga nisbatan joriy etilgan bojlarni bekor qiliş masalasi ham muhokama etilyapti — bu Xitoy aviakompaniyalari uçun foydali.
«Bu savdo uruşi keskinligini yumşatişga qaratilgan navbatdagi qadam bölişi mumkin», — deydi Maybank Securites investitsiya kompaniyasi tahlilçisi Kok Xun Von.
12 aprel kuni AQŞ Xitoy tovarlariga nisbatan bojlarni 84 foizdan 125 foizga qadar kötardi. Mavjud 20 foizli tariflar bilan qöşib hisoblaganda bojlarning umumiy qiymati 145 foizga yetdi. Bunga javoban Xitoy Amerika tovarlariga 125 foizgaça boj joriy etdi. 16 aprel kuni esa Vaşington Pekinga nisbatan ayni paytda 145 foiz darajasida belgilangan bojlarni 245 foizgaça oşirişini ma’lum qildi. Bir neça kun oldin esa AQŞ prezidenti Donald Tramp Vaşington Xitoydan import qilinadigan tovarlarga bojlarni pasaytirişini aytdi, ammo boj stavkasi har qanday holatda ham nolga teng bölmaydi.












