Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent-Xiva yo‘nalishida yangi poyezd vagonlari harakati yo‘lga qo‘yiladi
Yangi poyezd vagonlari 26 apreldan boshlab yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Ularda yiliga 144,5 mingdan ziyod yo‘lovchini tashish mumkin.
2025 yil 25 aprel kuni Toshkent shahridagi Markaziy temiryo‘l vokzalida O‘zbekiston temiryo‘llari uchun maxsus ishlab chiqarilgan va barcha zamonaviy talablarga javob beradigan 10 ta yangi yo‘lovchi vagonlar foydalanishga taqdim etildi. Mazkur loyiha prezidentning 2023 yil 10 oktyabrdagi PQ–329-sonli qarori asosida amalga oshirilmoqda.
Birinchi bosqichda foydalanishga topshirilgan vagonlar 4 ta platskart (har biri 54 ta o‘ringa mo‘ljallangan), 4 ta kupe (har biri 36 ta o‘ringa mo‘ljallangan) hamda 2 ta SV (har biri 18 ta o‘ringa mo‘ljallangan) turdagi vagonlar hisoblanadi.
Umumiy hisobda ushbu 10 ta vagon 396 nafar yo‘lovchini bir vaqtning o‘zida qabul qilish imkoniyatiga ega. Vagonlar barcha qulayliklarga ega bo‘lib, zamonaviy konditsioner tizimi, yorug‘lik va xavfsizlik texnologiyalari bilan jihozlangan. Ular Xiva shahriga qatnovchi yo‘nalishlarga biriktiriladi..
Ushbu vagonlar mamlakatning boy tarixiy merosi va turizm salohiyatiga ega bo‘lgan Xiva shahriga qatnovni ta’minlaydi. Bu o‘z navbatida, mahalliy va xalqaro sayyohlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratib, ichki va tashqi turizm rivojiga xizmat qiladi. Xiva yo‘nalishida ish boshlayotgan ushbu vagonlar yiliga 144 540 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.
So‘nggi ikki yilda yurtimizda 47 ta yangi yo‘lovchi vagon xarid qilindi. Ular ham zamonaviy dizayn, yuqori darajadagi qulayliklar va sifatli xizmatlar bilan ajralib turadi. Shu bilan birga, 2025–2026 yillarda yana 70 ta yangi yo‘lovchi vagon xarid qilinishi rejalashtirilgan. Bu maqsadda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi orqali imtiyozli moliyalashtirish yo‘lga qo‘yildi.
Eski vagonlar bosqichma-bosqich yangilanib boriladi. Bu orqali yo‘lovchilar uchun xizmatlar darajasi yanada oshadi, vagonlarda sayohat qilish qulayligi esa yangi bosqichga ko‘tariladi. Loyiha to‘liq amalga oshirilgandan so‘ng, yiliga 1 million nafardan ortiq qo‘shimcha yo‘lovchi temiryo‘l transportidan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.
Bu nafaqat transport sohasidagi xizmatlar sifatini yaxshilaydi, balki turizm, iqtisodiyot va hududlarning investitsion jozibadorligini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Temiryo‘l xizmatlaridagi bunday yuksalishlar aholi va sayyohlar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochib berishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Binyamin Netanyahu «yaroqsiz» ovqatdan zaharlandi
Jahon | 08:11 / 21.07.2025
Ilhom Aliyev Ukrainani hech qanaqasiga «okkupatsiyaga rozi bo‘lmaslik»ka chaqirdi
Jahon | 20:19 / 20.07.2025
Saudiyada 20 yil komada yotgan shahzoda vafot etdi
Jahon | 13:47 / 20.07.2025
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qator hududlarda issiqlik va gidroelektr stansiyalari ishga tushiriladi
O‘zbekiston | 10:13
-
Maktabdagi so‘nggi 6 yillik o‘rtacha baholar test sinovi baliga qo‘shilmaydigan bo‘ldi
Ta’lim | 10:01
-
“Uzbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025 yilning I yarim yilligi yakunlarini e’lon qildi
O‘zbekiston | 10:00
-
Rossiya muzokaralar raundi arafasida Odessa va Sumiga zarba berdi
Jahon | 09:36
Mavzuga oid

07:41
Xivada an’anaviy "Qovun sayli" festivali bo‘lib o‘tadi

15:48 / 14.07.2025
The Samarkand express poyezdi loyihasi uchun 25 mln dollar investitsiya kiritilyapti

12:18 / 04.07.2025
Zargarlik buyumlarini noqonuniy tarzda olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

15:25 / 03.07.2025