Jahon | 09:45 / 19.01.2024
3140
2 daqiqa o‘qiladi

Parij Rossiyaning Ukrainadagi fransuz yollanma askarlari haqidagi bayonotini rad etdi

Fransiyada yollanma askarlari yo‘q - na Ukrainada, na boshqa joyda, Fransiya tashqi ishlar vazirligi Rossiya rasmiylarining Xarkivdagi bino go‘yoki fransuz yollanma askarlari tomonidan vayron qilingani haqidagi bayonotlarini «qo‘pol manipulyatsiya» deb atadi.

Foto: Alliance France

Fransiya hukumati Rossiyaning Ukraina qurolli kuchlari safidagi «fransuz yollanma askarlari» haqidagi bayonotlarini rad etdi. «Fransiyada ba’zilardan farqli o‘laroq na Ukrainada, na boshqa joyda yollanma askarlari yo‘q», — deya ma’lum qildi 18 yanvar, payshanba kuni Fransiya TIV. Bayonotda ta’kidlanganidek, bu xabarlar Rossiya Federatsiyasi tomonidan «qo‘pol manipulyatsiya» hisoblanadi.

«Bu avvalgi yoki kelajakdagi manipulyatsiya urinishlaridan ko‘ra ko‘proq e’tiborga loyiq emas», deya qo‘shimcha qildi fransuz idorasi.

Fransiya elchisi Rossiya tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi

Ayni vaqtda, Fransiyaning Moskvadagi elchisi Per Levi Rossiya tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan. Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Rossiya mudofaa vazirligining Xarkivda «xorijiy jangchilar uchun vaqtinchalik joylashtirish punkti» vayron qilingani haqidagi bayonotini takrorladi, ularning safida «bir necha o‘nlab fransuzlar bor edi».

16 yanvar kuni kechqurun rus armiyasi Xarkiv markaziga raketa hujumini amalga oshirdi. Viloyat ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovning aytishicha, shaharga ikkita raketa uchirilgan, ular S-300 tizimidan bo‘lgan. Otishma natijasida 17 nafar tinch aholi jabrlandi, kamida 19 turar joy binosiga zarar yetdi, deb yozdi Xarkiv meri Igor Terexov Telegram-kanalida.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid