O‘zbekiston | 15:11 / 20.01.2024
2308
2 daqiqa o‘qiladi

Adliya vaziri tadbirkorlar bilan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi muammolarni muhokama qildi

Adliya vaziri tomonidan bildirilgan fikr va takliflar o‘rganib chiqilib, ulardan sohani takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasida inobatga olinishi ta’kidlandi.

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Joriy yilning 18 yanvarida O‘zbekiston prezidenti raisligida eksport, investitsiya va mahalliy sanoatda 2024 yilda turgan vazifalar bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda adliya vaziriga bergan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Adliya vazirligida tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida standartlashtirish hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasida yuzaga kelayotgan muammolarni aniqlash va ularni huquqiy jihatdan bartaraf qilish masalalari muhokama qilindi.

Ushbu ochiq muloqotda 60 nafardan ortiq tadbirkorlar hamda ushbu sohaga mas’ul bo‘lgan tashkilot vakillarining o‘z faoliyati davomida duch kelayotgan turli xil muammolari va byurokratik to‘siqlar yuzasidan fikrlari va takliflari tinglandi.

Jumladan, tadbirkorlar tovarlarni eksport va import qilishda hamda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni standartlashtirishda, sifat menejmenti tizimi bo‘yicha xalqaro standartlarni qo‘llash, xorijiy sertifikatlarni tan olish, xalqaro standartlarni joriy qilish masalalari muhokama qilinib, ularning yechimi yuzasidan 50 ga yaqin takliflar bildirildi.

Tadbir yakunida adliya vaziri tomonidan bildirilgan fikr va takliflar o‘rganib chiqilib, ulardan sohani takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasida inobatga olinishi ta’kidlandi.

Mavzuga oid