BMT bosh kotibi Guterrish Pokiston va Eronni vazminlikka chaqirdi
Eron va Pokiston bir-birining hududidagi ekstremistlar bazalariga hujum qildi. Antoniu Guterrish ikki davlatni mojaro yanada kuchayib ketishining oldini olishga chaqirdi.
Eron va Pokiston bir-birining hududidagi ekstremistlar bazalariga zarba berganidan so‘ng, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish har ikki tomonni bosiqlikka chaqirdi. «Bosh kotib ikki davlat o‘rtasidagi barcha xavfsizlik masalalari suverenitet, hududiy yaxlitlik va yaxshi qo‘shnichilikning asosiy tamoyillarini hurmat qilish asosidagi muloqot va hamkorlik orqali tinch yo‘l bilan hal etilishi kerakligini ta’kidlaydi», - dedi jahon tashkiloti rahbarining matbuot kotibi Stefan Dyujarrik 18 yanvar oqshomida.
Separatchi guruhlar Eron va Pokistonning chegaradosh viloyatlarida faol bo‘lib, Eronning sharqiy Siston va Balujiston viloyatlari hamda Pokistonning g‘arbiy Balujiston viloyatida mustaqil davlat yaratishga intilmoqda.
Eron va Pokistonning bir-biri hududiga raketa hujumlari
Pokiston 18 yanvar kuni Eronning raketa hujumiga javoban Erondagi nishonlarga raketa va uchuvchisiz uchoqlardan zarbalar berdi. Undan avval Tehrondagi hukumat Pokiston hududiga zarba «Jaysh al-Adl» guruhi ekstremistlariga qarshi qaratilganini bildirdi. Pokiston ham Eron hududiga zarbadan maqsad ushbu guruh ekstremistlari ekanini ta’kidladi.
Bu voqea endigina yaxshilanib borayotgan ikki davlat munosabatlarida diplomatik inqirozga olib keldi.
Mavzuga oid
20:17 / 13.11.2024
Pokistonda to‘y avtobusi daryoga qulashi oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi
19:27 / 13.11.2024
Pokiston va Hindistonni qoplagan tutun koinotdan ko‘rina boshladi
15:12 / 09.11.2024
Pokistondagi stansiyada terakt: 24 kishi halok bo‘ldi
21:39 / 08.11.2024