Madaniy meros agentligiga köra, “Şarq” naşriyoti binolari juda taşlandiq holatga kelgan, şu sababli ham ularni madaniy meros milliy röyxatidan çiqariş va ularni xususiylaştiriş asosli. Bu borada mutaxassislardan ekspertiza xulosalari olingan, ammo jamoatçilikka e’lon qilinmagan. Davlat aktivlarini boşqariş agentligi esa xususiylaştiriladigan binolar buzilmasligini, jarayon auksion orqali keçişini va’da qilmoqda.
Poytaxtda yana bir tarixiy inşoot xususiylaştiriladi. Gap Toşkent şahar Buyuk Turon köçasi 41-uyda joylaşgan “Şarq” naşriyot-matbaa korxonasi binolari haqida ketmoqda.
XX asrda bunyod etilgan bu inşoot Moddiy madaniy merosning köçmas mulk obektlari milliy röyxatidan çiqarildi. Milliy röyxatga özgartiriş esa Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 15 yanvardagi qarori bilan kiritildi. Mazkur tarixiy binolar nima sabab milliy röyxatdan çiqarildi? Endi bu binoning taqdiri nima böladi? Joylar buziladimi yoki qoladi? Mas’ullar jurnalistlarning bu boradagi savollariga javob berişdi.
Madaniy meros agentligi direktori Bahodir Abdukarimovning aytişiça, 3 gektardan oşiq hududni egallagan ayrim binolar madaniy meros sifatida ahamiyatsiz, ularning röyxatdan çiqarilişi maqsadga muvofiq bölgan.
“Hammasi bizning mutaxassislarimiz, bundan taşqari olimlarimiz bilan çiqib örganildi. Haqiqatan bu yerda tarixiy ahamiyatga ega bölgan obektlar borligi e’tirof etildi. Aynan Buyuk Turon köçasi 41 obektning röyxatdan çiqarilişiga sabab bir neça gektar joyda bir neçta bino [bor]. Asosan işlab çiqariş binolari turibdi. Şu sababli bu yaxlit kompleks sifatida bölganligi uçun buni çiqarib turib, çap tarafda bino [UzA] turibdi, A binosi röyxatga kiritilmagan bölsa ham(endi öşa vaqtda röyxatga kiritilmay qolgan), biz buni xususiylaştirilgandan keyin ham qonun böyiça madaniy meros obektlari röyxatiga kiritişga vakolatimiz bor.
Hamma binolarni röyxatga kiritamiz, şu bilan birga, muzey binosi, Vazirlar Mahkamasi binosi ham röyxatga kiritilmay qolgan. Biz bu binolarni modernizm binolari sifatida röyxatga kiritişga qaror loyihasini tayyorlayapmiz, uni ham e’lon qilib körsatamiz”, – dedi Abdukarimov.







