«Şarq» naşriyot-matbaa korxonasining Buyuk Turon köçasi, 41-uy manzilida joylaşgan binolari Moddiy madaniy merosning köçmas mulk obektlari milliy röyxatidan çiqarilgan. Bu haqda Özbekiston Qonunçilik ma’lumotlari milliy bazasi — «Lex.uz»dagi Milliy röyxatga kiritilgan özgartişlarga tayanib, Gazeta.uz xabar berdi.
Özbekistonda moddiy madaniy merosning köçmas mulk obektlari milliy röyxati Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktyabrdagi qarori bilan şakllantirilgan. Qarorning ilovasining avvalgi tahririda Toşkent şahridagi moddiy madaniy meros obektlari röyxatida 87-raqam ostida 1927 yilda qurilgan «Ilgarigi «Pravda Vostoka» gazetasi bosmaxonasi binosi», 88-raqam ostida esa XX asr davomida şakllangan «Şarq» naşriyoti matbaa korxonasi binolari» körsatib ötilgan edi.
Qaror ilovasiga Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 15 yanvardagi 28-sonli yangi qarori asosida özgartiriş kiritilgan. Yangilangan qaror ilovasida Toşkent şahridagi moddiy-madaniy meros obektlari röyxatida 87 va 88-obektlar yöq, röyxatda 86-obektdan keyin 89-obekt keladi.

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 15 yanvardagi 28-sonli qarori oçiq e’lon qilinmagan, «Lex.uz» bazasida ham unga jonli havola berilmagan.

Amalga oşmay qolgan xususiylaştiriş
Ötgan yilning sentabr oyida Davlat aktivlarini boşqariş agentligi tomonidan ÖzA va «Şarq» naşriyotiga tegişli Toşkentdagi binolar (umumiy yer maydoni 3,02 gektar, bino maydoni 56,5 ming kv.m.) yaxlit kompleks sifatida xususiylaştiş uçun ommaviy auksionga qöyilgani ma’lum qilingandi. Şundan söng, Madaniy meros agentligi har ikkala bino Özbekiston moddiy madaniy merosning köçmas mulk obektlari milliy röyxatiga kiritilganini eslatib, ularni auksiondan olib taşlaş böyiça ogohlantiriş bergandi













