Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy: AQSh Rossiyada Il-76 halokati bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganmoqda
AQSh ma’muriyati Rossiya samolyoti halokati haqidagi xabarlarni hisobga olyapti, ammo bu borada qo‘shimcha ma’lumotga ega emas, dedi Jon Kirbi.
AQSh ma’muriyati Ukraina tomoni bilan harbiy asirlarni almashish arafasida Rossiyaning Il-76 transport samolyoti halokatga uchragani haqidagi xabarlarni hisobga olyapti, ammo bu borada qo‘shimcha ma’lumotga ega emas, dedi 24 yanvar, chorshanba kuni Oq uy huzuridagi milliy xavfsizlik kengashi strategik aloqalar koordinatori Jon Kirbi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington «bu xabarlarni (Il-76 halokati haqida) ko‘rgan, ammo bizda ularni tasdiqlashning iloji yo‘q». Kirbi Oq uydagi brifingda AQSh ma’muriyati «bu masala bo‘yicha ko‘proq aniqlik va qo‘shimcha ma’lumot olish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda», dedi.
Ukraina xalqaro tergovni talab qiladi
Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina Rossiyaning Il-76 harbiy-transport samolyotining Belgorod viloyatida qulashi holati yuzasidan xalqaro tergov o‘tkazilishini talab qilishini aytgandi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, «barcha faktlar aniqlanishi kerak». Ukraina prezidenti Rossiya samolyoti nima uchun qulagan bo‘lishi mumkinligi haqida birorta versiyani ham keltirmadi.
Rossiyaning Il-76 samolyoti Belgorod viloyatida halokatga uchradi
Il-76 harbiy-transport samolyoti 24 yanvar kuni Belgorod viloyatining Korochansk tumanida Yablonovo qishlog‘i yaqinidagi dalaga qulab tushdi. Viloyat gubernatori Vyacheslav Gladkovning so‘zlariga ko‘ra, bortdagi barcha odamlar halok bo‘lgan.
Telegram’dagi «Vajnyye istorii» va «ChTD» kanallari Rossiya mudofaa vazirligiga tayanib, Il-76 bortida almashish uchun olib ketilayotgan 65 nafar ukrainalik asir, shuningdek, 6 nafar ekipaj a’zosi va 3 nafar hamrohlik qiluvchi shaxs bo‘lganini ma’lum qildi. Rossiya mudofaa vazirligi halokatni «terror hujumi» deb atadi va buning uchun Kiyevni aybladi.
Keyinroq favqulodda bayonotda Ukraina bosh razvedka boshqarmasi harbiy asirlarni almashish 24 yanvarga rejalashtirilganini tasdiqladi, biroq ukrainalik asirlarning xavfsizligini Rossiya tomoni ta’minlashi kerakligini ta’kidladi.
«Transport samolyotining 30 kilometrlik jangovar zonaga qo‘nishi xavfsiz bo‘lishi mumkin emas va har qanday holatda ham har ikki tomon muhokama qilishi kerak. Biz Rossiya Federatsiyasida vaziyatni beqarorlashtirish maqsadida rejalashtirilgan hamda Ukraina va davlatimizga xalqaro yordamni zaiflashtirish uchun qasddan qilingan harakatlar haqida gapirishimiz mumkin», - deyiladi bayonotda.
Mavzuga oid
09:40
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026