Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni 10 yilgacha ikkilamchi ijaraga berish belgilanmoqda
Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi yig‘ilishida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ikkilamchi ijaraga berish va ulardan samarali foydalanishga qaratilgan qonun loyihasi dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.
Foto: Kun.uz
Qonun loyihasi bilan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari dala chetlaridagi kollektor-drenaj va sug‘orish tarmoqlarining atroflaridagi yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun o‘n yilgacha bo‘lgan muddatga qonunchilik talablarini hisobga olgan holda ikkilamchi ijaraga berish ko‘zda tutilmoqda.
Yerdan foydalanuvchilarning dala chetlari va kollektor-drenaj hamda sug‘orish tarmoqlarining atroflaridagi yer maydonlari, shuningdek, bog‘ va tokzor qator oralaridan samarali va oqilona foydalanishini ta’minlashga doir majburiyatlari belgilanmoqda.
Suv xo‘jaligi obektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga suv obektlarida suvning oqilona boshqarilishi, suvdan foydalanish, suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish choralarini ko‘rish huquqlari berilmoqda.
Mavzuga oid
08:50 / 25.12.2025
Qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
15:15 / 24.12.2025
Uy-joy va yer bo‘yicha yakuniy xulosa chiqarish muddati 3 barobarga qisqarishi mumkin
09:38 / 24.12.2025
Noyabrda uy-joy savdosi oshdi, ijara narxlari ham o‘sdi
09:23 / 17.12.2025