15:56 / 26.01.2024
6717

Germaniya aholisi muhojirlar hisobiga ko‘paydi

2023 yil oxirida Germaniyada 84,7 million kishi yashagan, bu o‘tgan yilga nisbatan 0,3 million kishiga ko‘pdir. Mamlakatda tug‘ilish darajasi o‘lim darajasidan past.

Foto: Picture Alliance

Germaniya aholisi 2023 yil oxiriga kelib 84,7 million kishiga yetdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 300 ming kishiga ko‘pdir. Tegishli ma’lumotlar federal statistika boshqarmasi tomonidan 25 yanvar, payshanba kuni e’lon qilindi.

Ta’kidlanishicha, bunday o‘sish 2012 yildan 2021 yilgacha bo‘lgan davrda qayd etilgan o‘rtacha statistik ko‘rsatkichlarga to‘g‘ri keladi, ammo bu urushdan qochgan 1,1 million ukrainalik Germaniyaga kirgan 2022 yil darajasidan kamroq.

2023 yilda Germaniyada aholi sonining o‘sishining yagona sababi bu - mamlakatga ko‘chib kelganlar soni Germaniyani tark etgan fuqarolar sonidan ko‘proq, deyiladi press-relizda.

Germaniyada yuz minglab muhojirlar

Federal statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda Germaniyaga kelganlar foydasiga farq taxminan 680 000 kishidan 710 000 kishigacha bo‘lgan. Taqqoslash uchun: mamlakat migratsiya inqiroziga duch kelgan 2015 yilda bu ko‘rsatkich 1,14 million kishini tashkil etgan bo‘lsa, Germaniya ukrainaliklarni qabul qilgan 2022 yilda 1,46 millionga teng edi.

Shu bilan birga, Germaniya qayta birlashgandan keyingi barcha yillarda bo‘lgani kabi, yangi tug‘ilishlar soni o‘lim sonidan kamroq bo‘ldi, deya xabar beradi federal statistika boshqarmasi. 2022 yilga nisbatan Germaniyada 2023 yilda tug‘ilganlar soni 7 foizga, o‘limlar soni esa 4 foizga kamaydi - mos ravishda 680 000 dan 700 000 gacha (2022 yildagi 738 819 tug‘ilishga nisbatan) va 1,02 million (2022 yilda 1,07 mln o‘lim). Ta’kidlanishicha, 2013 yilda o‘lganlar va tug‘ilganlar soni o‘rtasidagi farq 320 000 ta holat 2022 yildagiga (328 000 ta holat) taxminan teng, lekin 1991 yildan 2021 yilgacha bo‘lgan davrga nisbatan ancha yuqori.

Top