Marhabo Şodmanova ikki yil avval moddiy qiyinçiliklar va oilaviy ehtiyojlar sabab AQŞga yöl oldi. Uning safar yöli xavfli va maşaqqatli böldi – Turkiya, Nikaragua, Gonduras, Gvatemala va Meksika orqali minglab kilometr yöl bosib, Amerika çegarasidan noqonuniy ötdi. Bu hikoya faqat bir ayolning yöli emas, balki minglab muhojirlar taqdirining bir közgusidir
Xatarli yöl orqali orzular sari
Marhabo Şodmanova hayotdagi katta buriliş nuqtasini ikki yil oldin boşdan keçirgan. Özbekistondagi moddiy qiyinçiliklar va oilaviy mas’uliyatlar unga bitta yöl qoldirgan – yurtini tark etib, yaxşi daromad topiş mumkin bölgan mamlakatga yöl oliş.
“Qaror oson bölmadi. Oilam, farzandlarim, ota-onam köz öngimda turdi. Yaqinlarim qarşilik qilişdi. Bir tomonda ularning kelajagi, ikkinçi tomonda meni nima kutayotgani noma’lum, oldinda xavfli turgandi”, - deydi Marhabo.
U AQŞga qonuniy viza bilan emas, balki bir neça mamlakatlar orqali xavfli yönaliş bilan ötdi: Turkiyadan keyin Nikaragua, Gonduras, Gvatemala va Meksika. Har bir mamlakatda u nafaqat qonuniy tösiqlar, balki odam savdosi, öğrilik va aldov xavflarini his qilib turdi.
Amerikadagi huquqsiz hayot
Biroq maqsadga yetiş yöli faqat çegaradan ötiş bilan tugamadi — uni yangi yurtda yangi sinovlar kutar edi. Hujjatlar rasmiylaştirişga bir neça oy, hatto yil kerak böladi. Bu davrda u Nyu Yorkning bir neçta şaharlarida işladi. Marketlarda kassir böldi, ona yurtda örgangan hunari – tikuvçilik qildi, restoranlarda eltuvçilik xizmati bilan şuğullandi.
“Ayniqsa, taom yetkazganda özimni kamsitilgandek his qilardim. Bu nafsoniyatga tegarkan. Lekin bir narsani angladim: mehnat qilmasang, heç qayerda qadring yöq. Hamma öz aravasini özi tortişi kerak. Öz yurtida işlamay, boqimandalikka örgangan odam bu yerda ham şu böladi”, - deydi u.

Özaro yordam va muhojirlar hamjamiyati
Marhaboning aytişiça, Amerikada odamlar unga yomon munosabatda bölmagan. Aksinça, köp hollarda özbekistonliklar va boşqa muhojirlar bir-birini qöllab-quvvatlaydi.
“Bu yerda yurtdoşlarimiz juda köp. Ular bir-birining qiyinçiliklarini tuşunadi va imkoni bölsa yordam qiladi”, - deydi Marhabo.









