Ispaniya hukumati seşanba, 27 yanvar kuni mamlakatda ruxsatnomasiz yaşab va işlab kelayotgan muhojirlarga legal maqom beruvçi dastur boşlanişini e’lon qildi. Integratsiya, ijtimoiy suğurta va migratsiya vaziri Elma Saisning sözlariga köra, bu çora 500 minggaça insonga ta’sir qilişi mumkin. Associated Press agentligining yozişiça, dastur migratsiya qonunçiligiga özgartiş kiritişni tezlaştirilgan tartibda qabul qiliş orqali amalga oşiriladi va parlamentda turib qolgan şunga öxşaş qonun loyihasini çetlab ötadi.

2025 yil 31 dekabrgaça Ispaniyada xalqaro himoya sörab ariza topşirgan va şu sanaga qadar mamlakatda kamida 5 oy yaşaganini isbotlay olgan xorijliklar 1 yillik yaşaş uçun ruxsatnoma va işlaşga ruxsat olişi mumkin. Ular, şuningdek, sudlanmaganini ham tasdiqlaşi kerak.

AP qayd etişiça, Ispaniya 1986–2005 yillar oraliğida muhojirlarni legallaştiriş çoralariga olti marta murojaat qilgan. Hozirgi qaror Yevropada migratsiya siyosati qattiqlaştirilayotgan umumiy tendensiyaga zid keladi. Elma Saisning aytişiça, Ispaniya global antimigratsiya siyosati tölqiniga qarşi kuraşda “mayoq” bölib qoladi.

Turli baholarga köra, Ispaniyada noqonuniy tarzda 800 minggaça odam yaşaydi. Ularning köpçiligi — Lotin Amerikasi yoki Afrika davlatlaridan kelgan muhojirlar bölib, qişloq xöjaligi, turizm yoki xizmat körsatiş sohalarida işlaydi, deb yozadi AP.

Ispaniyaning markazçi va öng qanot partiyalari hukumat taşabbusini allaqaçon tanqid qildi. Konservativ Xalq partiyasi yetakçisi Alberto Nunes Feyxoo Ispaniya boş vaziri Pedro Sançesni yaqindagi temiryöl fojiasidan (unda 40 nafardan ortiq odam halok bölgan) e’tiborni burişga urinişda aybladi. Şu bilan birga, öta öng Vox partiyasi rahbari Santyago Abaskal ijtimoiy tarmoqlarda Sançes ispanlarni “yomon köradi” va muhojirlarning mamlakatga “bostirib kirişini tezlaştirmoqda”, deb yozdi.