Davlatni ataşda hududiy nom ustunlik qiladi, xuddi Qöqon, Xorazm xonliklari yoki Buxoro amirligi kabi. Bu özbeklar yöq edi deganini anglatmaydi, balki davlat asosan sulolaviy, hududiy jihatdan nomlangan. Turon zaminida mavjud bölgan jamiki davlatlar asosida özbeklar yaşagan.

Özbek tarixçilari Mixail Smolinning özbeklar haqidagi fikrlarini rus millatçisi sifatida imperiyaçilik siyosatini tarğib qiliş, hozirgi Rossiya qilayotgan işlarni oqlaşdan iborat ekanini oçib berişdi.

Rossiyaning propaganda kanallari orqali Markaziy Osiyo davlatlari, xususan Özbekistonga imperializmni qöllovçi u yoki bu şakldagi axboriy hujumlar takrorlanib turibdi.

Avvalroq rossiyalik siyosatçi Zaxar Prilepin "Özbekiston va boşqa qöşni davlatlarni Rossiya tarkibiga qöşib oliş"ni taklif qilgan bölsa, endi rus tarixçisi Mixail Smolin “1917 yildagi Inqilobgaça özbeklar umuman bölmagan", degan fikrni aytdi.

Xöş, özbeklar millat sifatida qaçon şakllangan? Mamlakatning ötmişi va kelajagiga oçiqdan oçiq tahdidni ifodalovçi bu kabi axborot xurujlari ortida qanday maqsadlar yotibdi? Kun.uz şu kabi savollar atrofida Tarix instituti olimlari bilan suhbatlaşdi.

Suhbatdoşlarimiz tarixçilar Tölqin Ahmedov, Odil Zaripov, Dilnoza Jamolova va Vohid Xolovlar bölişdi.

Vohid Xolov: — Rossiya sönggi yillarda, ya’ni 2008, 2014, 2022 yilgi voqealarni oladigan bölsak, unda haligaça imperiyaçilik qaraşlari borligini köriş mumkin. Bu narsani rossiyaning turli doira vakillari baralla aytyapti. Yuqori doirada ham yangrayapti, xususan, Medvedev Qozoğiston yerlarini Rossiya tortiq qilgan, degan mazmundagi gaplarni aytgandi, telegram kanaliga ham joylagan edi. Bu biz boşqa davlat hududiga ham da’vo qila olamiz, degani. Bu narsa siyosiy nizo qözğaş uçun dastak böladi. Birinçi Ukraina haqida şunday deyişdi, keyin Qozoğiston va endi bu hududni yana kengaytirib gapirişyapti. Maqsad — özlarining imperiyaçilik ğoyalarini boşqalarga uqtiriş, xalqlarda beqarorlikni keltirib çiqariş.

Tölqin Ahmedov: — Bu çiqişdan maqsad imperiyaçilik ğoyalarni tarğib qiliş. Putin hokimiyatga kelgaç, Rossiyada imperiyaçilik ğoyalari yana xuruj qila boşladi, oqibatda Ukrainaga qarşi şunday keng kölamli uruşga olib keldi.

Mixail Smolin özi konservator tarixçi, ya’ni rus konservativ fikrini ifoda etadi, rus konservativ fikri esa imperiya va çerkovga asoslangan. 1917 yilgaça Rossiya imperiyasi bölgan va rus pravoslav çerkovi asosiy tayançlaridan biri bölgan. Smolin şu narsaning asosiy tarğibotçilaridan. Uning ilmiy işlari ham rus imperiyasi, çerkov haqida. Smolinning işi konservativ rus millatçisi sifatida imperiyaçilik siyosatini tarğib qiliş, hozirgi Rossiya qilayotgan işlarni oqlaşdan iborat.