Xorvatiya Viktor Medvedchukning 92 metrlik yaxtasini Ukrainaga topshiradi
Ukrainalik rossiyaparast siyosatchining kemasi sotib yuboriladi.

Xorvatiyaning Split shahri sudi ukrainalik siyosatchi Viktor Medvedchukning 92 metrli Royal Romance yaxtasini Ukrainaga topshirishga qaror qildi. Bu haqda Ukraina aktivlarini izlash va boshqarish agentligi rahbari Yelena Duma xabar berdi.
«Xorvatiya kemani Ukrainaga tezroq topshirishni istayotganini tasdiqladi. Xorvatiya tomonining fikricha, buni amalga oshirish uchun hech qanday qonuniy to‘siq yo‘q», deb yozdi Duma.
Uning aniqlik kiritishicha, agentlik kemani qayta ko‘zdan kechirishga ruxsat olgan. Yaxta qiymati baholanganidan so‘ng, sotuvga qo‘yiladi.
«Kemaning sotilishi xorijda musodara qilingan aktivlarni sotishning birinchi namunasi bo‘ladi», deb qo‘shimcha qildi Duma.
Qiymati taxminan 200 million yevro bo‘lgan Royal Romance yaxtasini 2015 yilda Fregata Marine kompaniyasi sotib oldi, unga Medvedchukning rafiqasi Oksana Marchenko rahbarlik qiladi. 2021 yilda kema boshqa kompaniyaga topshirildi. 2022 yil mart oyida yaxta Xorvatiya hukumati tomonidan musodara qilindi. Noyabr oyida kemani Ukraina aktivlarini izlash va boshqarish agentligi xodimlari ko‘zdan kechirdi.
Urushdan oldin Viktor Medvedchuk Ukrainadagi eng mashhur rossiyaparast siyosatchi edi, uni Putinning oshnasi deb ham atashadi. Uning o‘zi Putinni qizining cho‘qintirgan otasi ekanligini aytgan.
2021 yilda Ukraina hukumati Medvedchukni davlatga xiyonatda ayblab, uy qamog‘iga hukm qilgan. Keng ko‘lamli urush boshlanganidan so‘ng, siyosatchi uy qamog‘idan qochib ketdi. Tez orada Medvedchuk hibsga olindi va sentabr oyida mahbuslar almashinuvi doirasida Rossiyaga topshirildi. Kiyev siyosatchi va 55 nafar rossiyalikni Ukraina Qurolli kuchlarining 215 nafar harbiy xizmatchisiga almashtirgani haqida xabar berdi.
Mavzuga oid

20:50 / 19.05.2025
Putin urushdan qanday chiqishni bilmaydi – Vens

20:22 / 19.05.2025
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilishdan oldin Zelenskiy bilan gaplashdi

15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi

15:01 / 19.05.2025