Tarix sahnasida 69 yil yaşagan SSSRdan juda köpçilik qoçib ketgan. Olimlar, adiblar, sportçilar va san’atkorlar qatori oddiy odamlar ham imkoniyat bölişi bilanoq davlatni tark etişgan.

Ularning ayrimlari oşkora isyon bilan çiqib ketgan bölsa, boşqalari turli işlar yuzasidan xorijga borib, ortga qaytmagan. Ba’zilar esa öz jonini xatarga qöyib bölsa-da bu davlatdan qoçgan. Okeanşunos Stanislav Kurilov, 20 yoşli Pyotr Patruşev, 19 yoşli Liliana Gasinskaya şular jumlasidan. Ular zulm saltanatidan qoçiş uçun juda xatarli yöllarni tanlaşgan va hayotlarini xavf ostiga qöyib öz maqsadlariga yetişgan.

Stanislav Kurilov

1936 yilda tuğilgan Stanislav Kurilov maktabni bitirgaç Leningrad gidrometeorologiya institutida okeanşunoslik yönalişida öqiydi. Söng Leningraddagi SSSR Fanlar akademiyasining okeanşunoslik institutida, keyinroq Vladivostokdagi Dengiz biologiyasi institutida işlaydi.

Stanislav Kurilov
Foto: salat.zahav.ru

Kurilovda SSSRdan çiqib ketiş rejasi Leningradda işlab yurgan paytida paydo böladi. Öşa paytda özining sohasi böyiça iş yuzasidan bir neça marta xorijga çiqmoqçi bölganida unga ruxsat berişmaydi. Şuningdek, Kurilovning hindistonlikka turmuşga çiqqan singlisi ham turmuş örtoği bilan SSSRga kelib-keta olmasdi. U eri bilan AQŞga köçib ötgaç SSSRga kirişiga butunlay taqiq qöyişadi.

Kurilov özi va singlisiga qöyilgan taqiqlar tufayli kommunistik tuzumni yomon körib qoladi va imkoniyati bölişi bilan SSSRdan qoçişni rejalaştiradi.

Qoçiş

Qonuniy yöl bilan mamlakatdan çiqib keta olişiga közi yetmagan Kurilov qoçiş uçun qulay vaziyatni kuta boşlaydi. 1974 yilda u «Sovet ittifoqi» teploxodida Tinç okeani böylab taşkil etilayotgan sayohat haqidagi e’lonni körib qoladi.

Kruiz teploxoddagi sayohat 1974 yil dekabrda Vladivostokdan boşlanib ekvatorgaça davom etişi, söng ortga qaytişi rejalaştirilgandi. Sayohat davomida teploxodning xorijiy portlarga kirişi belgilanmagan, şu sababli sayohatçilar xorijga çiqiş uçun ruxsatnoma (OVIR) olişi şart emasdi.

Foto: fb.ru