Yaponiyada dala maydoniga qöngan MiG-25P

1976 yil 6 sentabr. Harbiy uçuvçi Viktor Belenko boşqarayotgan samolyot samoga kötarilib, ança uzoqqa uçib ketadi. Öşa kuni harbiy aerodromdagilar qança kutişmasin, samolyot ortga qaytmaydi. Keyinroq SSSR Taşqi işlar vazirligi Viktor Belenko boşqaruvidagi MiG-25P yaponlar tomonidan asir olinganini aytib bayonot beradi.

Qoçiş

Şu kuni ertalab soat 6:45da katta leytenant Belenko Primoredagi Çuguyevka tumani markazi yaqinidagi Sokolovka qişloğidagi aerodromdan MiG-25P samolyoti bilan parvozni amalga oşiriş uçun osmonga kötariladi. Mazkur samolyotning bort raqami 31 bölib, u Uzoq Şarqda joylaşgan 530-qiruvçi aviatsiya polkiga tegişli edi.

MiG-25P soat 7:40da SSSR çegarasini kesib ötib, Yaponiya hududiga kiradi. Maqsadi Yaponiya orqali AQŞga ketiş bölgan Belenko parvoz uçun xavfli bölgan, dengiz sathidan 30 metr balandlikdan pastlab uçadi va sovet radarlaridan qoçişga muvaffaq böladi. U SSSR-Yaponiya çegarasini ham şu balandlikda kesib ötadi. Yaponiya hududiga ötgandan söng Belenko 6 ming metr balandlikkaça kötariladi. Ammo yaponlar radarda MiG-25Pni payqab qoladi va uni tutiş uçun havoga harbiy samolyotlarni kötaradi. Tahlikali vaziyatda Belenko yana radarlarga körinmaydigan darajada pastlaşga majbur böladi.

Belenko havoga kötarilgaç, oradan 2,5 soat ötib soat 9:15 da Yaponiya radiosi sovet uçuvçisi boşqaruvidagi MiG-25P qiruvçi samolyoti Hokkaydo orolidagi Hakodate şahridagi aeroportga qöngani haqida xabar beradi. Keyinroq ma’lum bölişiça, Belenko Hokkaydo orolida joylaşgan AQŞning Titos aviabazasiga qönişni rejalaştiradi. Ammo samolyotdagi yonilği Titosgaça yetmasligi ehtimoli tufayli u nisbatan yaqinroq bölgan Hakodate şahridagi aeroportga qönişga qaror qiladi.

Hakodate şahridagi aeroportga qönişda Belenko muammoga duç keladi: bu aeroportning uçiş-qöniş yölagi tovuşdan tez uçuvçi MiG-25Pning qönişi uçun yetarli emasdi. Qöniş çoğida u aeroport hududidan çiqib ketadi va dala örtasiga borib töxtaydi. Şu joydan ötgan avtotrassada harakatlanayotgan haydovçilar MiG-25Pni körib uni suratga ola boşlaydi. Bu Belenkoga yoqmaydi. U pistoleti bilan havoga ikki marta öq uzadi va mahalliy ma’murlar kelgunça kutib turadi. Yaponlar kelgaç, Belenko AQŞdan boşpana söraydi va uç kundan söng, 9 sentabr kuni Amerikaga olib ketiladi.

«Qaror qabul qilişim uçun köp vaqt kerak böldi, lekin men yakuniy qarorni parvozdan bir oy oldin qabul qildim va qarorimdan mamnunman. Öz maqsadimga yetişişim uçun menga yaxşi ob-havo va yonilği töldirilgan samolyot kerak edi. Bu ikkalasiga erişiş uçun bir oy kerak böldi. Ana şu bir oyda men beriladigan topşiriqlarni oşiği bilan bajardim. Komandirlarim mening unvonimni oşirişga tayyor edi. Ammo 1976 yil 6 sentabr kuni juda yaxşi vaziyat yuzaga keldi va undan unumli foydalandim»,