Özbekistonda ayrim daryolar özanlarida noruda materiallarni qazib olişga muddatsiz moratoriy joriy qilinişi belgilangandi. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi elektron savdo platformasi orqali qum-şağal aralaşmasi qazib olişga ruxsatnoma berilayotgani haqidagi tanqidlarga munosabat bildirdi.
Unda bildirilişiça, «Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olişni tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoniga köra, 2024 yil 1 maydan boşlab eng oğir ekologik vaziyatda bölgan Çirçiq, Sangzor, Zarafşon, Norin, Qaşqadaryo va Surxondaryo daryolari hududida qum va şağal qazib olişga muddatsiz moratoriy joriy etildi. Moratoriy davrida uşbu daryolar özanlarida qum va şağal qazib olişga ruxsatnomalar berilmaydi.
Mazkur hududlarda qum-şağal aralaşmasini noqonuniy qazib, moratoriyni buzgan şaxslarga nisbatan tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 10 baravarga oşirilgan holda qöllanadi, şuningdek, uşbu qoidabuzarlikni sodir etişda foydalanilgan texnika musodara qilinadi.
«E-auksion elektron savdo platformasi orqali qum-şağal materiallarini qazib olişga ruxsatnomalar berişga kelsak, uşbu amaliyot faqat moratoriy joriy etilmagan hududlarda qöllanadi. Şu bilan birga, daryolar örniga muqobil toğli va toğoldi hududlarida joylaşgan alternativ kon uçastkalarida qum-şağal qazib oliş işlari taşkil etiladi, — deyiladi vazirlik munosabatida.
Ta’kidlanişiça, keyingi yillarda respublikada quriliş kölamining kengayişi natijasida qum-şağal aralaşmasini qazib olişga ehtiyoj keskin oşdi. Biroq köpçilik bu ehtiyojni qondiriş uçun ertangi kunni öylamay, daryo özanlaridan qonunga xilof ravişda katta miqdorda qum-şağal qazib olib, atrof-muhitga tuzatib bölmas zarar yetkaza boşladi.
Jumladan, 2023 yilda noqonuniy ravişda qum-şağal qazib oliş bilan boğliq 303 ta holatda 68 milliard söm jarima qöllangan. Uşbu holatlarning 42 tasi böyiça jinoyat işi qözğatilgan. Daryo özanlarida 1-1,5 metrgaça çuqurlikda qum va şağal qazişga ruxsat berilgan bölsa-da, 10 metr çuqurlikda qazilişi natijasida daryo özani kengligi 400 metrgaça kengayib ketiş holatlari kuzatilgan.
Vazirlikning bildirişiça, ayni paytda xalqaro va mahalliy olimlar iştirokida Çirçiq daryosini qayta tiklaş loyihasi işlab çiqilmoqda.

















