Fuqarolar pensiya tayinlash vaqtida sanatoriyga navbatga qo‘yiladi
1 sentabrdan boshlab, fuqarolarga pensiya yoki nogironlik tayinlash vaqtida alohida murojaat qilishlarini talab etmagan holda ularni sanatoriyga navbatga qo‘yish tartibini joriy etish nazarda tutilmoqda. Yoshga doir pensiyani pensiya yoshiga to‘lgan vaqtda avtomatik tayinlash tartibi esa 2025 yil 1 martdan kuchga kirishi kutilyapti.

Foto: Kun.uz
2024 yilgi davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamaga qo‘yildi.
Loyihada ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash tizimi bo‘yicha quyidagi o‘zgarishlar ko‘zda tutilgan:
- 2024 yil 1 sentabrdan boshlab, pensiya tayinlashda bir vaqtning o‘zida sanatoriyga navbatga qo‘yish va shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘idagi pulni olish bilan bog‘liq harakatlarni proaktiv tarzda amalga oshirish tartibi joriy etiladi;
- 2024 yil 1 sentabrdan boshlab, nogironlikni tayinlashda sanatoriyga navbatga qo‘yish va nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan imtiyozlar to‘g‘risida xabardor qilish tartibi joriy etiladi;
- 2024 yil 1 iyundan boshlab, yolg‘iz yashayotgan hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga Toshkent shahrida eksperiment tariqasida tegishli yo‘nalishdagi nodavlat tashkilotlar orqali Ijtimoiy himoya milliy agentligi mablag‘lari hisobidan ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
- yil davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarni zamonaviy protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilish texnik vositalari bilan ta’minlashning yangi tizimi bosqichma bosqich joriy qilinadi.
Bu vazifalar ijrosi uchun Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligini mas’ul qilib belgilash taklif etilgan.
Davlat dasturi loyihasi bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi 14 fevralgacha davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili imzolangan prezident qaroriga asosan, 2025 yil 1 martdan e’tiboran, yoshga doir pensiyalarni pensiya yoshiga to‘lishi munosabati bilan avtomatik tarzda tayinlash tartibi yo‘lga qo‘yilishi kerak.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hafta davomida harorat ko‘tarilishi davom etadi
O‘zbekiston | 13:21
-
Tovar, transport va shaxslarning xavf darajalariga ko‘ra bojxona nazorati shakllari qo‘llanadi
O‘zbekiston | 13:15
-
2 yil oldin sotilgan “Kvars” AJ yana davlat nazoratiga qaytdi
Iqtisodiyot | 12:27
-
Bojxona institutida bakalavriatda dual ta’lim asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 12:20
Mavzuga oid

22:06 / 14.03.2025
Ijtimoiy toifadagi abituriyentlarga qo‘shimcha grant ajratiladi

13:35 / 08.03.2025
Muayyan kasalliklari bor o‘quvchilarga transport xarajatlari to‘lab beriladi

21:20 / 19.02.2025
Tomorqasiga ekin ekmagan kambag‘allar imtiyozlardan mahrum bo‘ladi

16:58 / 19.02.2025