Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Markaziy Osiyo - Xitoy» gaz quvurining to‘rtinchi liniyasi qurilishi to‘xtab qoldi
Loyihaning ishtirokchi davlatlari o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgani ta’kidlanmoqda.
Foto: gdb.rferl.org
«Markaziy Osiyo – Xitoy» gaz quvurining D (to‘rtinchi) liniyasi qurilishi loyihada ishtirok etuvchi davlatlar o‘rtasidagi narxlardagi kelishmovchiliklar tufayli kechiktirilmoqda. Bu haqda Tojikiston energetika va suv resurslari vaziri Daler Juma xabar berdi.
U Tojikiston gaz quvuri bilan bog‘liq barcha masalalarni hal qilganini, loyihaning boshqa davlatlari o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelganini ta’kidladi. Biroq vazir qaysi davlatlar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelganiga oydinlik kiritmadi.
Tojikiston Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, gaz quvuri Turkmaniston va O‘zbekiston (205 km), Tojikiston (391 km), Qirg‘iziston (215 km) va Xitoy (155 km) hududi orqali o‘tadi. D liniyaning umumiy uzunligi 966 kilometrni tashkil qiladi.
Loyiha Tojikiston hududida umumiy uzunligi 63,3 km bo‘lgan 42 ta tog‘ tunnelini va boshqa infratuzilmalarni qurishni nazarda tutadi.
Ushbu gaz quvuri orqali Turkmanistondan Xitoyga yiliga 25-30 milliard kub metr tabiiy gaz yetkazib berilishi kutilmoqda. Ushbu loyihaning amalga oshirilishi Tojikiston iqtisodiyotiga 3 milliard dollardan ortiq Xitoy sarmoyasini jalb qiladi.
Mavzuga oid
08:29 / 15.05.2026
Tramp: Pekin Eronga qurol yetkazmaslikka va’da berdi
22:10 / 14.05.2026
Xitoy AQShga Eron bilan mojaroni hal etishda yordam taklif qildi
19:10 / 14.05.2026
Si Jinping Trampni AQSh va Xitoy o‘rtasidagi «nizo» xavfi tufayli Tayvan masalasida ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi
21:32 / 13.05.2026