Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada qamoqdan qochgan mafiya boshlig‘i Fransiyada qo‘lga olindi
Bir yil oldin u choyshabdan yasalgan arqon yordamida qamoqdan qochib ketgan edi.
Fransiyada Marko Raduano hisbga olindi. U Italiyada eng ko‘p qidirilayotgan jinoyatchilardan biri, bir yil avval qamoqdan qochgan mafiya boshlig‘i edi. Raduano yordamchisi esa Ispaniyada hibsga olingan.
Italiya ichki ishlar vaziri Matteo Piyantedozi mafiya boshlig‘i va uning yordamchisining qo‘lga olinishi «uyushgan jinoyatchilikka yana bir jiddiy zarba» bo‘lganini aytdi.
40 yoshli Marko Raduano Italiyaning Fodja provinsiyasidagi sindikat rahbari hisoblanadi. Ushbu mafiya Sitsiliya, Kalabriya va Neapoldagi mashhur jinoiy tashkilotlardan keyingi o‘rinda turadi.
Europol Raduanoni Yevropadagi eng xavfli jinoyatchilardan biri deb hisoblagan. U Italiyaning eng ko‘p qidirilayotgan o‘n nafar jinoyatchisi ro‘yxatida ham bor edi.
2023 yil fevral oyining oxirida Raduano qotillik va suiqasd uchun umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan Sardiniyadagi qattiq rejimli qamoqxonadan qochib ketdi. U choyshablardan arqon yasab, qamoqxona devoridan oshib o‘tgan.
2024 yil 1 fevralda mafiya boshlig‘i Korsikaning Bastia shahridagi restoranda qo‘lga olindi.
Mavzuga oid
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
22:05 / 29.05.2026