Toshkentda beshta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Hodisada hech kim jiddiy jarohatlanmagan. Ikki kishi yengil tan jarohatlari olgan.
![](https://storage.kun.uz/source/10/zwsW9Z9b4v3AkMZE2YF5nXdwd9tVz9Vh.jpg)
Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati
Toshkent shahrida beshta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. IIV YHXBB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 2 fevral kuni soat 18:30 larda Shayxontohur tumani Furqat ko‘chasida sodir bo‘lgan.
YTHda quyidagi mashinalar o‘zaro to‘qnashgan:
- 1992 yilda tug‘ilgan R.T. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti;
- 1989 yilda tug‘ilgan Sh.I. boshqaruvida bo‘lgan Matiz;
- 2004 yilda tug‘ilgan B.Q. boshqaruvida bo‘lgan Matiz;
- 1990 yilda tug‘ilgan J.S. boshqaruvida bo‘lgan Spark;
- 1992 yilda tug‘ilgan D.Q. boshqaruvida bo‘lgan Spark.
YTH oqibatida yo‘l chetida texnik nosoz bo‘lgan Matizni ta’mirlayotgan ikki nafar fuqaro yengil jarohat olgan. Ularga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/L_3yqLfi0dEzY35AfiLBYQMH0Ikvg_O-_medium.jpg)
15:10 / 25.07.2024
Toshkentda Lacetti’ning beton ustunga urilishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/D6t5xHSZu7mw8pEUzOKYDdmlSC3OcFvs_medium.jpg)
09:29 / 25.07.2024
Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda 8 kishi halok bo‘ldi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/5o1Zp6ky2KtQOdeDvZeeBIxmsi-yxSGY_medium.jpeg)
17:52 / 23.07.2024
Farg‘onada sodir bo‘lgan YTHda ikki kishi halok bo‘ldi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/YG5DjTKNMc99n_ONn__7jlgDLZfv6zfW_medium.jpg)
22:24 / 22.07.2024