Ijtimoiy tarmoqlarda ayol kişi gödakni urgani videosi tarqaldi va keng muhokamalarga sabab böldi. Toşkent şahar IIBB axborot xizmati hodisa yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinişiça, hodisa ikki yil avval 2022 yilning avgust oylarida sodir bölgan. 1997 yilda tuğilgan L.M. Şayxontohur tumanida joylaşgan yaşaş xonadonida 2020 yilda tuğilgan farzandi R.S.ga nisbatan qöpol munosabatda bölib, jahl ustida uni urgan.

Mazkur holat yuzasidan Şayxontohur tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi (qiynaş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

“Tergov harakatlari davom etmoqda. Yakun böyiça qonuniy qaror qabul qilinişi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.

“Daryo” naşrida yozilişiça, holat ayolning turmuş örtoği tomonidan örnatilgan yaşirin kameraga yozib olingan. U ayoli farzandini muttasil urib, tan jarohati yetkazib, qiynab kelayotgani yuzasidan IIO FMBga murojaat qilgan va unga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.

Şundan söng ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “a” (voyaga yetmagan şaxsga nisbatan) va “v” (ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon bölgan şaxsga nisbatan) bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Tergov natijalariga köra, ayolning harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlanmagani sababli unga nisbatan jinoyat işi 2024 yil 19 sentabrda tugatilgan. Biroq er bu qarordan norozi.

Toşkent şahar IIBB xizmati esa bugun, 2024 yil 22 sentabr kuni qözğatilgan jinoyat işi böyiça tergov harakatlari davom etayotganini ma’lum qildi.

Ma’lumot uçun, Jinoyat kodeksining 110-moddasi “a” va “v” bandlarida közda tutilgan jinoyatni sodir etgan şaxslarga 360 soatdan 480 soatgaça majburiy jamoat işlari yoki 2 yildan 3 yilgaça ahloq tuzatiş işlari yoxud 2 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosini beriş nazarda tutilgan.