Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Har bir ona va bola o‘limi favqulodda holat sifatida baholanadi - prezident
Xavf guruhiga kirgan homilador va tug‘ruq yoshidagi ayollar bilan ishlash protokoli yangilanadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024 yilda ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda onalar va go‘daklar o‘limining oldini olish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
«Har bir ona va bola o‘limi favqulodda holat deb baholanadi va so‘rov shunga yarasha bo‘ladi», deb ogohlantirdi prezident Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyat hokimlari, viloyat va tuman tibbiyot idoralari rahbarlarini.
Qayd qilinishicha, xorijdan mutaxassislarni olib kelib, eng avvalo, ona va go‘dak o‘limi yuqori 20 ta tuman va shahardagi tibbiyot xodimlarini o‘qitish topshirildi.
Xavf guruhiga kirgan homilador va tug‘ruq yoshidagi ayollar bilan ishlash protokoli yangilanadi.
Tibbiyot brigadalaridagi 8,5 ming doya ilg‘or tajriba asosida reproduktiv salomatlik va homiladorlar parvarishi bo‘yicha o‘qitiladi.
Perinatal markazlar boshqaruviga xorijiy mutaxassislarni olib kelish, 229 ta tug‘ruqxonani zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlash topshirildi.
Mavzuga oid
15:47 / 25.06.2026
Toshkentda tug‘uruqqa sog‘lom kirgan 21 yoshli ayol ikki oydan buyon og‘ir ahvolda
07:18 / 09.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Moskvada Vladimir Putin bilan uchrashdi
17:59 / 06.05.2026
Samarqandda xatna fojiasi: sog‘lom bolalarni nosog‘lom tizim o‘ldirdi
07:12 / 06.05.2026