Maktab öquvçilari har kuni turli oğirlikdagi sumkalari bilan maktabga boradi. Maktab sumkasi birinçi sinfdan to bitiruvçi sinf bölgunga qadar bolalarga hamrohlik qiladi. Bu sumkalar oliygohlarga kirganda kiçrayib faqat daftarlar va noutbukdan iborat bölib qolişi mumkin. Lekin bola rivojlanişining eng muhim bosqiçlaridan biri bölgan maktab davrida hamma bolalar oğirgina sumkalarni kötarib yurişi kerak.

Öquvçi sumkasining ideal oğirligi qança?

Tadqiqotçilarga köra, bola taqadigan sumkaning oğirligi uning tana vaznining 10 foizidan oşmasligi kerak. Masalan, Özbekistonda bolalar 7 yoşda maktabga çiqişadi va bu paytda ularning örtaça tana vazni 23 kgni taşkil qiladi. Demak, ular uçun örtaça 2,3 kgli sumka kötariş me’yor hisoblanadi. 10 yoşli bola (4-sinf öquvçisi) esa örtaça 32 kg böladi. Uning sumkasi esa 3,2 kg atrofida bölişi kerak.

Bundan taşqari, sumkalarning oğirligi yana bir qança omillar bilan belgilanadi:

  • Bolaning jismoniy holati;
  • U sumkani kötarib yuradigan vaqt va masofa;
  • Sumkaning sifati.

Oğir sumka bola soğligiga yomon ta’sir qiladimi?

Doimiy oğir sumka bilan maktabga qatnaş bolaning orqa va böyin qismida oğriq, yelkasida esa noqulaylik hissiga sabab bölişi, çarçoq kuçayişiga olib kelişi mumkin.

Amerikalik pediatr Bredli Vaynbergning sözlariga köra, oğir sumka taqib yuriş:

  • Bolaning qomati holati va harakat muvozanati özgarişi sababli orqa va böyin oğriği rivojlanişiga olib kelişi;
  • Bola muvozanatiga salbiy ta’sir qilişi sababli yiqiliş va boşqa jarohatlarga olib kelişi mumkin.

Bundan taşqari, muşak-skelet tizimida oğriq, notöğri tana tuzilişi ham oğir sumka kötariş sabab röy berişi mumkin.

Bolalarning ösiş plitalari sumka oğirligi sabab ortiqça stressdan ta’sirlanişi mumkin. Bu bilan ularning böy ösişi töxtamaydi. Lekin keyinçalik artritning erta boşlanişiga olib kelişi mumkin