Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2023 yilda dunyoda eng ko‘p sotilgan 10 ta smartfon nomi e’lon qilindi
Apple va Samsung kompaniyalari bilan hech kim raqobatlasha olmayapti.

Foto: Digital Trends
Canalys tadqiqot kompaniyasi 2023 yilda dunyoda eng ko‘p sotilgan smartfonlar reytingini e’lon qildi. O‘nta o‘rindan yettitasini Apple telefonlari egalladi.
Birinchi o‘rinda iPhone 14 Pro Max bo‘lib, 12 oy ichida u 34 million nusxada sotilgan. Qizig‘i shundaki, uni uch oy ichida 33 million marta sotilgan iPhone 15 Pro Max deyarli quvib yetdi. Uchinchi eng ommabop smartfon iPhone 14 (29 million nusxa) bo‘ldi.
Apple bilan faqat Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi raqobatlasha oldi. Uning arzon modellari Galaxy A14 4G, Galaxy A54 va Galaxy A14 5G mos ravishda oltinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi o‘rinlarni egalladi. O‘tgan yilgi flagman Galaxy S23 Ultra reytingdan joy olmadi.
Top-10 2023 yilda dunyoda eng ko‘p sotilgan smartfon:
- iPhone 14 Pro Max (34 million);
- iPhone 15 Pro Max (33 million);
- iPhone 14 (29 million);
- iPhone 14 Pro (29 million);
- iPhone 13 (23 million);
- Galaxy A14 4G (21 million);
- iPhone 15 Pro (21 million);
- Galaxy A54 (20 million);
- Galaxy A14 5G (19 million);
- iPhone 15 (17 million).
Tahlilchilarning ta’kidlashicha, 2023 yilda iPhone Pro modeli umumiy reytingda ilk marotaba birinchi o‘rinni egalladi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada Army SOS fondi «nomaqbul tashkilot» deb tan olindi
Jahon | 07:41
-
Narkologik kasallikka yo‘liqqan mahkumlarga mehnat terapiyasi qo‘llanishi mumkin
O‘zbekiston | 07:36
-
Rossiya Polshaning Kaliningraddagi konsulligini yopishga qaror qildi
Jahon | 07:34
-
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi
Sport | 02:13
Mavzuga oid

20:28 / 09.07.2025
Nvidia kompaniyasining kapitallashuvi tarixdagi rekord darajaga yetdi

21:12 / 02.07.2025
Apple Hindistonda iPhone ishlab chiqarishni kengaytirishda kutilmagan muammoga duch keldi

18:42 / 28.06.2025
Apple olti yil ichida ilk marta asosiy iPhone displeyini kengaytiradi

16:50 / 26.06.2025