Rossiya Adliya vazirligi Ukrainaning Army SOS xayriya fondini «nomaqbul» taşkilotlar reyestriga kiritdi. Tegişli yozuv idora saytida 11 iyul kuni paydo böldi, qaror qabul qilingan sana – 23 iyun.
Army SOS — Ukrainaning jamoat taşabbusi bölib, u 2014 yildan beri Ukraina Qurolli kuçlariga yordam beriş uçun mablağ töplaydi. Taşkilot 2014 yil 26 avgustda röyxatdan ötgan va uning direktori Yaroslav Tropinov. Jamğarma Ukraina armiyasi uçun yuqori texnologiyali uskunalar, jumladan, havo va radio razvedka tizimlari, şuningdek, boşqaruv va öt oçiş tizimlarini yetkazib berişga ixtisoslaşgan.
«Nomaqbul» taşkilotlar reyestriga Germaniyada röyxatdan ötgan Yevropa çidamlilik taşabbusi markazi (ERIC) ham kirdi. Markaz 2022 yilda Rossiyadan Germaniyaga köçib ketgan Geynrix Byoll jamğarmasining Kiyevdagi vakolatxonasi sobiq direktori, siyosatşunos Sergey Sumlenniy tomonidan taşkil etilgan.
ERIC missiyasi maqsadi «Yevropada demokratiyani mustahkamlaş va Yevropa davlatlari örtasida ikki tomonlama va köp tomonlama hamkorlikni rivojlantiriş» deb ta’kidlangan. 2023 yilda ERIC Ukraina Qurolli kuçlari uçun uçuvçisiz uçoqlar, elektr stansiyalari va boşqa jihozlarni sotib oliş uçun bir neçta xayriya kampaniyalarini uyuştirib, Ukraina tinç aholisi va harbiylarini qöllab-quvvatlaş uçun 300 000 yevrodan ortiq pul töpladi.

















