Hukumat qarori bilan boshlangan loyiha
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil mart oyidagi 129-sonli qaroriga ko‘ra, poytaxtdagi avtobus saroylari filiallarida shu (2017)ning o‘zida siqilgan tabiiy gaz (metan) shoxobchalar tashkil etish belgilangan. Shunga muvofiq “Toshshahartransxizmat” AJ tadbirkorlarga DXSh asosida shoxobchalar qurish taklifi bilan chiqqan.
Keyinchalik avtobus saroylarida shoxobcha qurish taklifi sarmoyadorlar tomonidan qabul qilinib, loyihalarni realizatsiya qilishga kirishilgan. Ammo bugungi kunga kelib, 2020 yilda bu ishga bosh qo‘shgan ikki tadbirkor afsusda. Ularning Kun.uz’ga murojaat qilib aytishicha, deyarli qurilishi yakunlangan joylarini mas’ullar ulardan tortib olyapti.
Birinchi holat “MAXX PETROL-OIL” MChJ rahbari Jamshid Mahkamov bilan bog‘liq. Mahkamov egalik qiladigan kompaniya 8-avtobus saroyi filialida shoxobcha qurishi va bu shaxobchada gaz yetkazib berishi kerak bo‘lgan “Tashbus Petrol” MChJning 70 foiz ulushdori hisoblangan(Statistika agentligining 2024 yil 10 fevraldagi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqt bu MChJ 100 foiz “Toshshahartransxizmat” AJga tegishli. 2020 yilda davlat ro‘yxatidan o‘tgan “MAXX PETROL-OIL” MChJ faoliyati tugatilgan). Uning aytishicha, kelishuvga asosan metan-shoxobchani qurish ishlari 2020 yil iyul oyidan boshlanishi reja qilingan.
“Yunusoboddagi 8-avtobus parkida ishni boshlaganimizdan keyin biroz vaqt o‘tib, ishni boshlab davom etayotganimizda [8-avtobus saroyining] bizga qo‘ygan majburiyatlari bor edi. Ya’ni SSSR vaqtidan qolgan dizel “zapravka”si bo‘lgan, shuni ko‘chirib berish sharti bor edi, chunki biz u yerda qurilish qilishni reja qilgan edik. Tezlik bilan shu dizel “zapravka”sini ko‘chirib berdim. Keyin zudlik bilan hududdagi hamma joyi bo‘lmasa ham, deyarli yarmidan ko‘p qismi eski asfalt bilan qoplangan edi, men uni bilganim yo‘q. Tez-tez shu yerni aslfalt qilib beringlar deb shoshilinchda aytib qolishdi, o‘sha hududni asfalt qilish kerak bo‘ldi. Rozi bo‘lib, shuni qilib berdim.
Oradan 2 kun o‘tib, prezident tashrifi bo‘lib qoldi. [Qurilish qilayotgan hududning] yonida yangi bino qurib bitkazilgandi, shu yerga kelib qolganlarida [AGTKS quriladigan] joyga ham kirib qoldilar. O‘sha vaqtda men safarda edim, keyin menga xabar keldi: bu joy boshqa joyga ko‘chirilishini, o‘rniga qandaydir institut qurilishini aytishdi. “Mayli, agar prezidentga shunday taklif qilingan bo‘lsa, kutamiz, menga ham taklif bilan chiqishar, balki”, – dedim. Chunki hududga sarmoya kiritib qo‘ygandim. 1,25 mlrd miqdorida xarajat qilib, qurilish ruxsatnomalarini olib, tayyor qilib qo‘ygandim. Bosqichma-bosqich ishlab ketayotgan vaqtimda ishimiz to‘xtadi”,
















