Transport vazirligi Toşkent şahar boş boşqarmasining boşliği va «Toşşahartransxizmat» AJ raisi Anvar Jörayev qamoqqa olindi. Bu haqda Toşkent şahar sudlari matbuot xizmati xabar qildi.
Jinoyat işlari böyiça Yunusobod tuman sudida Boş prokuror örinbosarining Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi (juda köp miqdorda özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) va 209-moddasi 2-qismi «a» bandida (takroran mansab soxtakorligi) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinuvçi va Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasi (suriştiruvçining, tergovçining yoki prokurorning qaroriga binoan uşlab turiş) tartibida uşlangan Anvar Jörayev (1982 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, «Toşşahartransxizmat» AJ boşqaruvi raisi lavozimida işlagan) ga nisbatan «qamoqqa oliş» tarzidagi ehtiyot çorasini qöllaş töğrisidagi iltimosnomasi körib çiqildi.
Jinoyat işlari böyiça Yunusobod tuman sudining 2024 yil 7 fevraldagi ajrimi bilan Özbekiston Respublikasi Boş prokurori örinbosarining iltimosnomasi qanoatlantirilib, gumon qilinuvçi Anvar Jörayevga nisbatan «qamoqqa oliş» tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilib, qamoqqa olinişi va tergov hibsxonasiga joylaştirilişi belgilandi.
Bundan avvalroq Kun.uz manbasi Anvar Jörayev Toşkent şahar transport boşqarmasi boşliği hamda «Toşşahartransxizmat» rahbarligidan ketgani, u hibsga olingan bölişi ham mumkinligini xabar qilgandi.
- Eslatib ötamiz, 29 yanvar kuni prezident raisligida ötgan yiğilişda transport sohasining bir qator mansabdorlari, xususan, Anvar Jörayevga hayfsan va sönggi ogohlantiriş berilgandi. Davlat rahbari Toşkent şahrida tirbandlikni kamaytiriş va jamoat transportini yaxşilaşdagi kamçiliklarni birma-bir sanab, mutasaddilarning bu boradagi işlari qoniqarsiz ekanini qayd etgandi.
- Ma’lumot uçun, Anvar Jörayev 2017-2018 yillarda «Toşşahartransxizmat» raisi bölgan, biroz muddat işdan olinib, 2019 yilda yana şu lavozimga qaytarilgan.












