Ushbu yo‘nalishdagi to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlar joriy yil 3 dekabridan boshlab amalga oshirilmoqda. Mazkur aviaqatnovlar sayyohlar, ishbilarmonlar, shuningdek, O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi hamkorlikdan manfaatdor tadbirkorlar uchun qulay logistik imkoniyatlarni yaratadi.
Toshkentdagi uchrashuvlar va muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama aloqalarni chuqurlashtirish, xususan, Goa shtati bilan turizm, farmatsevtika, muqobil energetika, “yashil” iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi va axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhim yo‘nalish sifatida qayd etilgan edi.
Tomonlar ta’kidlashicha, Toshkent–Goa to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlari savdo-iqtisodiy hamkorlik, turizm oqimini oshirish, ishbilarmon doiralar aloqalarini kengaytirish hamda O‘zbekiston–Hindiston strategik sherikligini amaliy mazmun bilan boyitishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.










