Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahriga 2024 yilda yana 200 ta elektrobus olib kelinadi
Poytaxt jamoat transporti bosqichma-bosqich to‘liq «yashil transport» tizimiga o‘tkaziladi.

Foto: O‘zA
Hozirda «Toshshahartransxizmat» avtobus saroyi filiallarida 2017 ta harakat tarkibi mavjud. Ularning 672 tasi dizelda (33 foiz), 1020 tasi tabiiy gazda (50 foiz), 324 tasi elektr energiyasida (17 foiz) harakatlanadi, deb xabar bermoqda O‘zA.
2022—2023 yillarda sotib olingan avtobuslarning 58,7 foizi siqilgan tabiiy gazda, 21,4 foizi elektr energiyasida harakatlanadi.
Mazkur chora-tadbirlar sabab harakat tarkibining o‘zidan chiqadigan zararli moddalar miqdori 2022 yilda 5,1 ming tonnani, 2023 yilda esa yana qisqarib, 4,8 ming tonnani tashkil etgan.
2024 yilda harakat tarkibini 200 dona elektrobus bilan yangilash orqali zararli moddalar miqdorini yillik 4,6 ming tonnagacha kamayishiga erishish rejalashtirilgan.
2024-2030 yillarda qo‘shimcha 1 200 dona elektrobus xarid qilish va avtobuslarni tabiiy gaz yonilg‘isiga o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Avvalroq Toshkent shahri hokimligi BYD kompaniyasi bilan 2 mingta elektrobus xarid qilish bo‘yicha bitim imzolagani ma’lum bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
Boku – Moskva nizosi til masalasiga yetib keldi
Jahon | 09:05 / 04.09.2025
Xitoyning yadro triadasi, G‘arb uchun signal hamda Putin va Kimning qo‘llovi – Pekindagi parad qanday o‘tdi?
Jahon | 19:40 / 03.09.2025
Internetda Trampning o‘limi haqida feyk xabarlar tarqaldi
Jahon | 17:41 / 30.08.2025
Odilbek Isoqov – banklarni xususiylashtirish kechikayotgani haqida
Iqtisodiyot | 14:10 / 30.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy delegatsiyasi 7 yilda birinchi marta Yevroparlamentga tashrif buyuradi
Jahon | 08:35
-
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zaro tovar aylanmasini 10 mlrd dollarga yetkazmoqchi
Iqtisodiyot | 08:27
-
Bloomberg: YeI Rossiyaning Ukrainaga yangi hujumidan xavotirda
Jahon | 08:12
-
Rossiyadagi oromgohlarga o‘zbekistonlik bolalar jalb qilinadi
O‘zbekiston | 07:48
Mavzuga oid

18:19 / 01.09.2025
YHXX 2 sentabr kuni jamoat transportidan foydalanishga chaqirdi

15:35 / 27.08.2025
“60 yoshda ham avtobus kutishni istamasangiz ...” - Chirchiqdagi reklama e’tirozga sabab bo‘ldi

07:31 / 19.08.2025
Toshkentda 15 ta avtobus yo‘nalishiga o‘zgartirish kiritildi

23:57 / 17.07.2025