Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘isiz isitiladigan ixcham issiqxonalar barpo etilishini qo‘llab-quvvatladi
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, hozirda 308 gektar kigiz to‘shamali ixcham issiqxona barpo etilgan. Qishloq xo‘jaligi vazirligiga shunday issiqxonalarni 10-20 barobar ko‘paytirish bo‘yicha taklif kiritish yuklatildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 12 fevral kuni qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan selektorda yoqilg‘isiz isitiladigan ixcham issiqxonalarni ommalashtirish bo‘yicha topshiriq berdi.
“Yoqilg‘isiz isitadigan ixcham issiqxonalarni barpo qilish ommalashib boryapti. Hozirda 308 gektar kigiz to‘shamali ixcham issiqxona barpo etilgan. Mana shu issiqxonalarni 10-20 barobar ko‘paytirish bo‘yicha Abdurahmonov menga taklif bersin. Toshloq joylarda bemalol 50 barobar ko‘paytirsak bo‘ladi. Odamlar ishli bo‘ladi, daromad paydo bo‘ladi.
Viloyat hokimlari 2 oyda 50 gektardan yer ajratib, tayyor holda topshirish sharti bilan 10 sotixli 100–200 ta ixcham-ixcham issiqxonalar qurishga tadbirkor topib, ishlarni boshlasin. Ushbu maqsadlarga oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 100 mln so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi”, – dedi davlat rahbari.
Video:
Mavzuga oid
17:20 / 23.06.2026
Fermerlarni haqoratlagan Muzrabot hokimi hayfsan oldi
11:46 / 19.06.2026
Jahon banki O‘zbekistonga qishloq infratuzilmasini rivojlantirish uchun 150 mln dollar ajratadi
18:05 / 16.06.2026
“E, onangni... 11 gacha yopmasang, tiqib yuboraman!” - Muzrabotda fermerlar haqoratlandi
09:06 / 03.06.2026