O‘zbekiston | 12:39 / 13.02.2024
6155
2 daqiqa o‘qiladi

2023 yilda Toshkent shahrida yo‘l-transport hodisalari oqibatida 10 nafar bola halok bo‘lgan

Toshkent shahar prokurori Erkin Yo‘ldashevning ma’lum qilishicha, 2023 yilda Toshkent shahrida yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq ochilgan jinoyat ishlari soni 2022 yilga nisbatan 326 taga ko‘paygan. YTHlarda 95 kishi halok bo‘lgan, ulardan 10 nafari bolalar. 1248 kishi jarohatlangan, ulardan 10 nafari doimiy nogiron bo‘lib qolgan. Jarohatlanganlar orasida 235 nafar bola bor.

Toshkent shahar prokurori Erkin Yo‘ldashev yo‘l harakati xavfsizligi masalalari yuzasidan poytaxt aholisiga murojaat bilan chiqdi.

Prokurorning ma’lum qilishicha, yo‘l harakatini yaxshilash uchun matematik makromodel ishlab chiqilgan va bosqichma-bosqich hayotga joriy etiladi. Bu esa vaqt va qo‘shimcha choralarni talab etadi.

Qayd etilishicha, 2023 yilda Toshkent shahrida yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq ochilgan jinoyat ishlari soni 2022 yilga nisbatan 326 taga ko‘paygan. YTHlarda 95 kishi halok bo‘lgan, ulardan 10 nafari bolalar. 1248 kishi jarohatlangan, ulardan 10 nafari doimiy nogiron bo‘lib qolgan. Jarohatlanganlar orasida 235 nafar bola bor.

«Yil davomida 4 ming 384 ta avtomobilni mast holda boshqarish holati aniqlangan. Xususan, 26 ta og‘ir yo‘l-transport hodisasi oqibatida odamlar halok bo‘ldi. Qo‘zg‘atilgan 1343 ta jinoyat ishining 348 tasini 18−25 yoshdagi haydovchilar sodir etgan. Yil davomida transport vositasini boshqarish vaqtida yonida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan 1417 nafar shaxs aniqlangan», dedi shahar prokurori. 

Yo‘l-transport hodisalarining asosiy sabablari sifatida belgilangan tezlik me’yorini buzish, svetoforga e’tibor bermaslik, oraliq masofa saqlamaslik, piyodalarga yo‘l bermaslik, quvib o‘tish qoidalarini buzish, transport vositalarini spirtli ichimliklar va giyohvand moddalar ta’sirida boshqarish, voyaga yetmaganlarga transport vositalarini berib qo‘yish kabilar keltirilgan.

Mavzuga oid