O‘zbekiston | 10:24 / 15.02.2024
7114
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda 2023 yilda qancha egizak chaqaloqlar tug‘ilgani ma’lum qilindi
O‘tgan yilda eng ko‘p egizaklar Farg‘ona viloyatida tug‘ilgani qayd etildi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda respublikada 962 ming nafar tirik tug‘ilish qayd etilgan. Shundan 21 012 nafari egiz tug‘ilganlar.
Hududlar bo‘yicha tug‘ilgan egizaklar soni eng ko‘p Farg‘ona viloyatida qayd etilgan – 2494 nafar.
Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 2313 nafar hamda 2171 nafar egizaklar dunyoga kelgan Samarqand va Qashqadaryo viloyati joy olgan.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:
- Andijon viloyati – 1947 nafar;
- Namangan viloyati – 1784 nafar;
- Toshkent shahri – 1839 nafar;
- Surxondaryo viloyati – 1679 nafar;
- Toshkent viloyati – 1570 nafar;
- Buxoro viloyati – 1059 nafar;
- Xorazm viloyati – 1129 nafar;
- Qoraqalpog‘iston R. – 996 nafar;
- Jizzax viloyati – 937 nafar;
- Navoiy viloyati – 583 nafar;
- Sirdaryo viloyati – 511 nafar.
Mavzuga oid
17:18 / 22.12.2024
O‘zbekistonga davolanish maqsadida kelgan xorijliklar soni ma’lum qilindi
10:56 / 22.12.2024
2024 yil 11 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi
08:10 / 10.12.2024
O‘zbekistonda doimiy aholi soni 37,5 mlndan oshdi
16:51 / 09.12.2024