Yaponiya endi dunyodagi uchinchi yirik iqtisodiyot emas
Germaniya uni quvib o‘tishga erishdi, yetakchilik Qo‘shma Shtatlarga tegishli, ikkinchi o‘rinda – Xitoy.
Yaponiya dunyodagi uchinchi yirik iqtisodiyot maqomidan ayrildi, bu o‘rinni Germaniyaga boy berdi, deb yozdi Bloomberg. Yetakchilik Qo‘shma Shtatlarga tegishli, ikkinchi o‘rinda – Xitoy.
Yaponiya iqtisodiyoti ichki talab susaygani tufayli ketma-ket ikki chorak qisqardi, so‘ngra, kutilmaganda retsessiyaga tushib qoldi. Yaponiya hukumatining xabar berishicha, mamlakat yalpi ichki mahsuloti uchinchi chorakda 3,3 foizga, to‘rtinchi chorakda 0,4 foizga qisqargan. Ham biznes, ham uy xo‘jaligi xarajatlari ketma-ket uchinchi chorakda kamaymoqda.
Dekabr oyida uy xo‘jaliklari xarajatlari o‘tgan yilga nisbatan 2,5 foizga kamaydi, chunki ish haqi inflatsiyadan zaifroq sur’atda o‘sdi. Oxirgi chorakda biznes xarajatlari ham 0,1 foizga kamaydi.
Aksariyat tahlilchilar Yaponiya banki 2007 yildan beri birinchi marta aprel oyigacha asosiy stavkasini oshirishini bashorat qilishgan, biroq zaif iqtisodiy ko‘rsatkichlar tufayli regulyatorga bu qarorni qabul qilish qiyinroq bo‘lishi ta’kidlanmoqda.
O‘tgan yilning kuzida Bloomberg XVF prognozlariga tayanib, Germaniya 2023 yilda Yaponiyani ortda qoldirib, AQSh va Xitoydan keyin dunyoning uchinchi yirik iqtisodiyotiga aylanishini yozgan edi. XVJ ma’lumotlaridan ma’lum bo‘lishicha, 2023 yilda Yaponiya yalpi ichki mahsuloti 4,23 trillion AQSh dollarini, Germaniya yalpi ichki mahsuloti esa 4,43 trillion AQSh dollarini tashkil qiladi. XVF prognozlariga ko‘ra, Germaniya iqtisodiyoti 2024-2025 yillar davomida Yaponiya iqtisodiyotidan kuchliroq bo‘ladi.
Mavzuga oid
20:26 / 12.11.2024
Germaniya bundestagida muddatidan oldin o‘tkaziladigan saylovlar sanasi ma’lum bo‘ldi
07:50 / 12.11.2024
Germaniyada Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlash pasaymoqda
20:57 / 11.11.2024
Germaniya TIV rahbari mudofaa xarajatlarini oshirishga chaqirdi
19:55 / 11.11.2024