Jahon | 17:15 / 16.02.2024
21181
5 daqiqa o‘qiladi

Belgorod o‘qqa tutilishi oqibatlari va tank zavodiga borgan Putin. Urush suratlari

Ukrainada urushning 722-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Belgorod Ukraina qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutildi. Region rasmiylari yetti kishi halok bo‘lib, 19 kishi yaralanganini ma’lum qilgan. Rossiya tergov qo‘mitasi «terakt» moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan.
  • Financial Times nashri yozishicha, Yevroittifoq elchilari Vengriyaning pozitsiyasi tufayli Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 13-paketini kelisha olmagan.
  • Rossiya armiyasi Avdiyivkaga kirish joyini egallab oldi. The Washington Post xabariga ko‘ra, ukrain qo‘mondonligi shahardagi qo‘shinlarni olib chiqishni boshlagan.
  • Rossiyalik harbiylar tunda Ukrainaning qator regionlarini yoppasiga o‘qqa tutdi. Ukraina qurolli kuchlariga ko‘ra, mamlakat hududi bo‘ylab jami 26 raketa uchirilgan, shundan yarmi urib tushirilgan.
  • Sud aktyor Aleksey Paninni sirtdan hibsga oldi, u Qrim ko‘prigidagi portlash to‘g‘risidagi posti tufayli terrorizmni oqlashda ayblangan.
  • Bloomberg nashri yozishicha, Donald Tramp prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, Rossiya va Ukrainani muzokaralarni davom ettirishga majburlamoqchi.
  • NATO mamlakatlari Ukrainaga bir million dron yetkazib berishni va’da qildi.

Belgorod bo‘ylab zarba

16 fevral tongida Belgorod Ukraina qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida, hudud gubernatori Vyacheslav Gladkovning ma’lumotiga ko‘ra, yetti kishi, jumladan bir yillik qizcha va 80 yoshli ayol halok bo‘lgan, 19 kishi tan jarohatlari olgan.

Gladkov yettita xususiy va beshta ko‘p kvartirali uylarda «turli darajadagi vayrongarchiliklar» aniqlangani, yana bir do‘kon shikastlangani haqida ma’lum qilgan. Bundan tashqari, sanoat korxonalaridan birining hududida shikastlanish qayd etilgan.

TASS agentligining kuchishlatar tuzilmalardagi manbalariga ko‘ra, Belgorod bo‘ylab zarba Ukrainaning chegaradagi Lipsi qishlog‘i hududidan turib yo‘llangan. Rossiya tomoniga ko‘ra, avvalroq Il-76 samolyoti ham shu yerdan turib urib tushirilgandi. Agentlik suhbatdoshi Belgorodga zarba «Vampir» baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan yo‘llangani, endi uning joylashuvini aniqlab, «uni yo‘q qilish bo‘yicha ish olib borilayotgani»ni aytgan. Ukraina ushbu hujum yuzasidan izoh bermagan.

Belgorod o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lgan kishining jasadi zarqog‘ozli adyol bilan o‘rab qo‘yilgan
Emil Ligunov / Anadolu / ddp / Vida Press
Oziq-ovqat do‘koni o‘qqa tutilishi oqibatlari
Emil Ligunov / Anadolu / ddp / Vida Press
O‘qqa tutish vaqtida halok bo‘lgan belgorodlikning jasadi
Emil Ligunov / Anadolu / ddp / Vida Press
Turar joy o‘qqa tutilishi oqibatlari
@v_v_demidov / Telegram / AFP / Scanpix / LETA
Emil Ligunov / Anadolu / ddp / Vida Press

Vladimir Putin Nijniy Tagilda

RF prezidenti Putin «Uralvagonzavod»ga tashrif buyurdi. Unga yaqin vaqtlar ichida armiyaga yetkazib beriladigan tanklar ishlab chiqarilayotgan 130-sonli yig‘iuv sexini ko‘rsatishdi.

Ramil Sitdikov / Sputnik / AFP / Scanpix / LETA
Ramil Sitdikov / Sputnik / Reuters / Scanpix / LETA

Bucha yaqinidagi qishloq o‘qqa tutilishidan keyin hosil bo‘lgan o‘ra

Bucha va Borodyanka shaharlarini bog‘lovchi yo‘l bo‘yida joylashgan Buda-Babinetskaya qishlog‘i o‘qqa tutilishi oqibatida hosil bo‘lgan o‘ra atrofida turgan kishilar
Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA

Donetsk oblasti Velika Novosilka qishlog‘i hududidagi ukrain jangchilari

Donetsk oblasti Velika Novosilka qishlog‘i yaqinida minomyotdan kamuflyajni yechayotgan ukrain harbiylari
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Okopdagi ukrain piyodasi
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Rossiyalik askar jasadini ko‘zdan kechirayotgan ukrainalik jangchi
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Ukrain armiyasi harbiysi o‘ziyurar artilleriya qurilmasidan o‘t ochmoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press

Mavzuga oid