09:00 / 16.02.2024
14997
Reklama

"Electronic Autonomous Solutions" kompaniyasi Saudiya Arabistonida World Defense Show ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Mazkur ko‘rgazmada bir qator Yevropa, Osiyo va Afrika mamlakatlarining mudofaa sanoatlari va kompaniyalari quruqlik, havo va dengiz kuch tuzilmalariga oid ilg‘or harbiy texnika va qurol-yarog‘lar namunalarini namoyish etdi. Ular qatorida O‘zbekistonning «Electronic autonomous solutions» kompaniyasi ham o‘zining statsionar va portativ antidron tizimlarini jahon miqyosida namoyish etishga muvaffaq bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, World Defense Show 2024 ko‘rgazmasi Saudiya Arabistoni Qirolligi shahzodasi Mohammad ben Salman, Bosh vaziri va Mudofaa sanoatining (GAMI) bosh boshqarmasi direktorlari kengashi vakillari rahbarligida ikkinchi marotaba o‘tkazildi. Ko‘rgazmani o‘tkazishning asosiy maqsadi – butun jahonda texnologik ishlab chiqarishlar natijasida yaratilgan ilg‘or harbiy texnika va qurol-aslahalar, radar qurilmalari, telekommunikatsion tizimlar, antidron tizimlarini namoyish etish hisoblanadi.

Nufuzli tadbir doirasida “Electronic Autonomous Solutions” kompaniyasi vakillari Turkiya, Saudiya Arabistoni Qirolligi, Efiopiya, Xitoy, Misr, Ozarboyjon, Rossiya va boshqa davlatlar kompaniyalari va rasmiy delegatsiyalari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi hamda antidron tizimlarni yetkazib berish sohasida hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha bir qator kelishuvlar o‘tkazildi. Jumladan, Turkiyaning “Gurbuz Trade” kompaniyasi “Electronic Autonomous Solutions” kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumini tuzishga erishdi, Misr va Efiopiya mamlakatlarining mudofaa sanoatlari esa kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan statsionar va portativ antidron tizimlarini xarid qilish masalasiga qiziqish bildirdilar.

Shu bilan birga, ko‘rgazmada rasmiy delegatsiya sifatida ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa vazirligi va boshqa tashkilotlari vakillari “Electronic Autonomous Solutions” kompaniyasining stendiga tashrif buyurdi va kompaniyani faoliyatini yuqori baholashdi.

Ta’kidlash joizki, 2023 yil davomida “Electronic Autonomous Solutions” kompaniyasi Birlashgan Arab Amirliklari Abu-Dabi shahrining ADNEC Milliy ko‘rgazmalar markazida o‘tkazilgan IDEX-2023, Istanbul shahridagi “Tuyap” ko‘rgazmalar markazida IDEF-2023 16-Xalqaro mudofaa va xavfsizlik sanoati ko‘rgazmasi ko‘rgazmalarida ishtirok etgan edi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top