2000 yil Rossiya Taşqi razvedka xizmati uçun murakkab yil böladi. Bu xizmatning eng yaxşi xodimlaridan biri AQŞdan siyosiy boşpana söraydi va oilasi bilan amerikaliklar tomonga qoçib ötadi.

Bundan avval, SSSR tarqab ketişidan oldin va keyin KGB va FSBning köplab xodimlari Ğarbga qoçib ketgandi. Biroq xodimning qoçişi taşkilot uçun oğir zarba böladi.

Çunki xodim taşkilotga tegişli juda köplab maxfiy ma’lumotlarni bilardi va ularni Markaziy razvedka boşqarmasiga sotiş ehtimoli juda yuqori edi.

Amalda şunday böladi va sobiq KGB va FSB xodimi özidagi barça ma’lumotlarni amerikaliklarga beradi.

Bu xodim Rossiyaning BMTdagi doimiy vakolatxonasi rahbari örinbosari niqobida AQŞda işlayotgan josus Sergey Tretyakov edi.

Tuğma KGB xodimi

Sergey Tretyakov 1956 yil 5 oktyabrda tuğilgan. Uning buvisi Lyubov Ionina uzoq yillar maxsus xizmatlar idorasida kotiba (maşinistka – bu kasb egalari asosan turli matnlarni yozuv maşinkasida köçirib yoki köpaytirib beriş bilan şuğullanişgan) bölib işlagan.

U 1920 yillardan hali NKVDning nomi OGPU (Ob’yedinyonnoye gosudarstvennoye politiçeskoye upravleniye – Birlaşgan davlat siyosiy boşqarmasi) deb atalib yurgan paytlardan boşlab, keyinçalik NKVD ikkita alohida taşkilot, IIV va KGBga ajratilgan paytlargaça işlagan. Şu sababli Sergey Tretyakov tuğilgan oilaning a’zolari KGBga «begona» emasdi.

Sergeyning otasi Oleg Tretyakov ham SSSR savdo ministrligida muhim lavozimlarda işlagan. Jumladan, u SSSRning bir neçta xorijiy davlatlaridagi savdo uylarini ham boşqaradi.

Ma’lumot uçun, SSSRning xorijiy davlatlardagi «savdo uylari» asosan Taşqi razvedka xizmati va KGB nazoratida bölib, u yerda savdo vakili niqobi ostida asosan şu taşkilotlar xodimlari – josuslar işlagan.

1970-yillar örtalarida Sergey maktabni bitirib, Çet tillar institutiga öqişga kiradi va KGB bilan hamkorlik qila boşlaydi. Unga Xalqaro aloqalar instituti talabasi Yelena Tulisovani biriktirib qöyişadi.

Öşa paytda uni bir neça marta xorijiy safarga çiqayotgan talabalar guruhi bilan birga çet ellarga yuborişadi. Sergeyning vazifasi talabalarning xorijdagi xatti-harakatlarini nazorat qiliş va qaytgandan söng bu haqda KGBga hisobot beriş bölgan.