Jömardga 2020 yil grin karta lotereyasi çiqadi. Biroq u moliyaviy sababdan vizaga hujjat topşirolmay yuradi. Buni eşitgan Dilnoza özidan 7 yoş kiçik Jömardga “homiylik” qilişini aytib, evaziga Amerikaga yetib oliş uçun soxta “zags”dan ötişni taklif qiladi. Oilalar elçixonani işontiriş uçun qalbaki töy ham qilişadi.

Voqea 2020 yilgi karantindan 1-2 oyça oldin boşlangan. Jizzaxning Paxtakor tumanidagi maktablardan birida işlaydigan Dilnoza ismli muallima işdan çiqib, öğli bilan yölda taksi kutayotgan edi. Ularga 3 yölovçi yigit bilan kelayotgan maşina töxtaydi. Yigitlar yöl böyi bir tanişlari grin karta yutgani, biroq moliyaviy sabablar bilan vizaga hujjat topşirolmay yurgani haqida gapirib kelişadi. Suhbatni eşitib kelayotgan Dilnoza qiziqib, bolalardan öşa yigitning telefon raqamini oladi.

“Bir kuni menga bir qiz qönğiroq qilib, grin karta uçun “homiylik” qilişini, ya’ni Amerikaga ketiş uçun viza torşiriş va safar xarajatlarini tölaşini, evaziga uni özim bilan Amerikaga olib ketişimni öylab köriş taklifini aytdi. Boşida ğalati eşitildi. Keyin kelişib uçraşib, gaplaşib oladigan böldik”, – deb oilaviy hayotining qanday boşlanganini hikoya qiladi Jömard.

Ular körişganda Dilnoza Jömard bilan oralaridagi farq katta ekanini körib, fikridan qaytib uyiga ketadi. Şunday bölişiga qaramay, Jömard tez-tez qönğiroq qilib, özining yoşiga mos “homiy” topilganini sörab turadi.

“Jömard telefon qilavergaç, hazillaşib, men “homiy” bölsam bölmaydimi, deb söradim. U ança öylab, bunga rozi böldi”, – deya hikoyani davom ettiradi Dilnoza.

Keyin ular bu haqda oilalariga ma’lum qilişadi. Boşida ikki tomon ham bunga unça rozi bölmaydi, lekin töy ham, “zags” ham soxta bölişi, bu faqatgina elçixonani işontiriş uçun öyin ekanini yaxşilab tuşuntirişgaç, töy va rasmiy nikoh bölib ötadi.

“Biz 50-60 kişini çaqirib, soxta töy ham qildik. Lekin töy kuni Jömard menga bu voqealar u uçun soxta emas, haqiqat ekanini aytdi. Ammo öşa kuni u özining uyiga, men özimning uyimga ketdim”, – deydi Dilnoza.

Jömard töydan keyin Dilnozaning onasi bilan körişib, niyati jiddiyligini, Dilnoza bilan şar’iy nikoh öqitib, bir oila bölib yaşamoqçi ekanini aytadi.