“Hayotiy hikoyalar” ruknida berilayotgan navbatdagi hikoyaning qahramoni hayot sinovlariga duç kelgan oddiy ayol. U uç nafar qiz farzand körgaç eri taşlab ketgan.

Qizlari bilan yolğiz qolgan ayol taqdir sinovlarida yengilmaydi, biroq kun keçiriş oson ham bölmaydi. Bugun u ikki qizini uzatgan, faqat kenjasi bilan yaşayapti. Biroq turli ahmoqona urf-odatlar deb, qiz uzatib ham taşvişlardan qutula olmayapti.

“Baloğat yoşiga yaqinlaşayotgan har bir qiz kelajakda öziga munosib yigit bilan oila qurişni va u bilan baxtli hayot keçirişni xohlaydi.

Menda ham şunday bölgan. Maktabni bitirganimdan söng sovçilar kela boşladi. Ota-onam özlari ma’qul deb bilgan yigitga rozilik bildirişdi.

Bölajak kuyovni tanirdim, nazarimda tarbiyali, yaxşi yigit edi. Şu sababli rozi böldim. Rozi bölmaslik çorasi ham yöq edi. Köp ötmay töyimiz böldi. Hammasi yaxşi edi. Baxtdan sarmast edim. Biroq köp ötmay barçasi özgarib ketdi.

Bu orada homilador böldim va qiz farzand kördik. Öşanda erim farzand körganiga, qaynota-qaynonam nabirali bölişganiga juda xursand bölişdi.

Tönğiç farzandim uç yoşga yaqinlaşganda yana homilador böldim. Yana qiz tuğildi. Şundan söng erimning munosabati özgardi. U avvalgiday mehr körsatmas, mendan köngli sovib borardi.

Köp ötmay erim qöşni davlatga borib savdo bilan şuğullana boşladi. Uyga 3-4 oyda bir kelar va biz bilan bir haftaça turib ketardi.

Uyga kelgan paytlari örtoqlaridan ortmas, ertalab çiqib ketsa yarim keçada qaytardi. Men ikkita qiz tuğgan ayol unga yurak yutib e’tiborli bölişini ayta olmasdim. Aniqroği oğzimni ham oçolmasdim.

Ya’ni ikkita qiz tuğganim uçun erim, qaynonam va qaynotam zimdan meni ayblar, bora-bora özimni rostdan aybdor deb hisoblaydigan bölib qoldim.

Tönğiçim oltiga, ikkinçi qizim uç yoşga kirganda yana homilador böldim. Bu safar ham qiz tuğildi. Öşanda erim kelgan payt edi, biroq tuğuruqxonadan olib çiqiş uçun bormadi. Qaynonam va qaynotam birga yaşardik, meni ular olib kelişdi.

Öşanda na erim, na qaynonam va qaynotam menga heç narsa deyişmadi. Lekin ularning sukunati va sovuq muomalasi meni yeb bitirayotgan edi.

Kunlarning birida erim safarga otlana boşladi. Xatti-harakatlaridan, qaraşlaridan menga nimadir demoqçi bölayotganini sezib turardim. “E Xudo, javobimni berib, uydan haydab yubormasin” deb turardim. Agar şunday qilsa ota uyimga siğmasdim va uçta bolam bilan köçada qolişim aniq edi.